Toshkentdagi maktab oshxonasi menyusidan turli taomlar, salatlar, shirinliklar va ichimliklar joy olgan. Taomlar jadvalga qarab tayyorlanadi. Menyu tuzishda o‘quvchilarning xohish-istaklari ham inobatga olinadi.
"Bolalar birinchi ovqatdan moshxo‘rda, mastava, borshni yaxshi ko‘rishadi. Talabga qarab buyurtma olamiz. Bolalar nima ovqat yeyishni xohlashsa, ertasi kuni shu ovqatni pishirib qo‘yamiz", - deydi poytaxt maktablaridan birining oshpazi Zilola Hakimova.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘limi bosh mutaxassisi Shoira Reyimbayevaning so‘zlariga ko‘ra, mahsulotlar sifati doimiy nazoratda. Ular sifatini ota-onalardan iborat brakeraj komissiyasi tekshiradi.
Maktablarda ruxsat etilmaydigan mahsulotlar ro‘yxati mavjud. 38 ta mahsulot bu ro‘yxatga kiritilgan.
Maktab oshxonasi bolalar qanday ovqatlanishadi va ularga nimalar tayyorlab berishmoqda - batafsil Sputnik videosida.