O‘zbekiston va YeOII

YeOII transport oqimlarini Sharqqa yo‘naltirmoqda — YeIK vaziri

YeOII O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron bilan Sankt-Peterburgdan “Shimol-Janub” transport yo‘lagi bo‘ylab ishlashni faollashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari siyosiy keskinlik sharoitida transport oqimlarini Sharqqa qayta yo‘naltirmoqda va bu yo‘nalishda O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron bilan faol ish olib bormoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
“Yuqori siyosiy keskinlik sharoitida asosiy vazifa (YeOII mamlakatlari uchun - tahr.) aynan tranzit va eksport-import yuk tashishlarini qayta yo‘naltirish – Sharqqa burilishdir. U yerga tovarlar asosan o‘zimizdan boradi”, - dedi Kojoshev.
Vazirning qayd etishicha, iqtisodiy barqarorlikni barqarorlashtirish maqsadida, birinchi navbatda, YeOII davlatlari Shimoliy-Janub, Yevropa-G‘arbiy Xitoy va Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi transport yo‘laklari salohiyatidan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Kojoshovning ta’kidlashicha, YeOII ushbu transport-logistika yo‘nalishlarini Xitoy, Eron va Hindistonga kengaytirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirmoqda, ular bilan ittifoq mamlakatlari o‘zaro savdo hajmi oshib bormoqda.
“Sankt-Peterburgdan Eron orqali Hindistongacha bo‘lgan “Shimol-Janub” transport yo‘lagi bo‘ylab O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron kabi davlatlar bilan hamkorlikni faollashtirmoqdamiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Bugun, 13-sentabr kuni Toshkentda avtomobil transportini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ochildi. Tashkilotchilar: Transport vazirligi va O‘zbekiston xalqaro tashuvchilar uyushmasi, shuningdek, Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (IRU).
O‘zbekiston va YeOII
Ilhom Mahkamov Arzibek Kojoshev bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar