Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Ilhom Mahkamov Arzibek Kojoshev bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

© Press-slujba YeEKO‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev bilan uchrashdi.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev bilan uchrashdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentda O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev bilan uchrashdi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) hamkorlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev ma’lum qildi.
Toshkentda O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev bilan uchrashdi.

"YeOII davlatlari va MDH hamkorlari – O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, shuningdek, Xitoy, Hindiston, Eron va Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va uni rivojlantirish uchun xalqaro yo‘lda yangi imkoniyatlar yangi savdo bozorlarining shakllanishi, savdo yo‘llari va transport yo‘laklarining o‘zgarishi munosabati bilan ochilmoqda", — dedi Arzibek Kojoshev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda transport va logistika masalalari YeOIIda ham, undan tashqarida ham alohida ahamiyatga ega.

"Yuk oqimining Sharq va Osiyoga burilishini inobatga olgan holda, Shimoliy-Janub, Yevropa-G‘arbiy Xitoy, Yangi Ipak yo‘li, Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi koridorlari yangi ahamiyat kasb etmoqda”, — dedi Kojoshev.

Kojoshev Yevroosiyo transport yo‘laklari va yo‘nalishlari ro‘yxatini YeOII mamlakatlari tomonidan tasdiqlanganini shuningdek, o‘tgan yili YeOII mamlakatlari hukumat rahbarlari tomonidan 7 ta loyihani o‘z ichiga oluvchi YeOIIga a’zo davlatlarning transport sohasidagi ustuvor integratsiya infratuzilma loyihalari ro‘yxati qabul qilinganini eslatib o‘tdi.
Hozirda uni yangilash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
U shuningdek, O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi davlat sifatida transport va infratuzilma bo‘yicha maslahat qo‘mitasi yig‘ilishlarida faol ishtirok etishini, unda yuqoridagi masalalar muhokama qilinayotgani va transport sohasida integratsiyaning asosiy yo‘nalishlari belgilab qo‘yilganini qayd etdi.
Ilhom Mahkamov O‘zbekistonning Yevroosiyo makonida transport sohasidagi integratsiya jarayonlaridagi ishtirokining strategik ahamiyatini tasdiqladi. Shuningdek, O‘zbekiston Transport vazirligi vakillari Komissiyaning transport bloki obyektlarida ishlashdagi ishtirokini faollashtirishga tayyorligini bildirdi.
O‘z navbatida, Arzibek Kojoshev Ilhom Mahkamovni YeOII mamlakatlari transport sohasidagi vakolatli organlari rahbarlarining yig‘ilishida ishtirok etishga taklif qildi.
Kojoshev Komissiya YeOII va ShHT transport vazirlarining qo‘shma majlisini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqanini qayd etdi. O‘zbekiston transport vaziri bu taklifni qo‘llab-quvvatladi va Kojoshevni shu yil noyabr oyi boshida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar transport vazirlarining konferensiyasida ishtirok etishga taklif qildi.
Yangiliklar lentasi
0