TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida navbatdagi medallarga ega chiqishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Og‘ir atletika bo‘yicha Hindistonda o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida og‘ir vazndagi sportchilarga ham navbat yetib keldi.
Ortda qolgan kunda supaga chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga egalik qilishdi.
O‘zbekistonlik sportchilar OChda navbatdagi medallarga ega chiqishdi
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet
Shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar:
Kumush medal: -81 kg, yoshlar: Nigora Suvonova (3 ta)
Bronza medal: -102 kg, yoshlar: Mirjahon Yusupov (dast ko‘tarish)
O‘zbekistonlik sportchilar OChda navbatdagi medallarga ega chiqishdi
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining 1-avgust kuni o‘tkazilgan bahslarida -64 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Madinabonu Jo‘rayeva va Asalxon Rajabova O‘zbekiston sharafini himoya qilishdi. Jo‘rayeva dast ko‘tarishda 85 kg, siltab ko‘tarishda 105 kg hamda ikkikurashda 190 kg bilan barcha dasturda 3-o‘rnini egalladi. Rajabova dast ko‘tarish mashqini 77 kg bilan yakunlab, ushbu dasturda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 31-iyul kuni o‘tkazilgan bahslarida sportchilar 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Chempionatnning 30-iyuldagi bahslarida esa O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqdi.