Yo‘l harakati xavfsizligi rahbariga hayfsan berildi, uch viloyat YHXB boshliqlari ishdan olindi

Prezident IIVning kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni tanqid qildi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tayotgan Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni tanqid qildi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar ahvolidan xalq mutlaqo norozi.
Masalan, o‘tgan olti oyning o‘zida 4 mingga yaqin avto-avariyalar sodir etilib, 873 nafar shaxs vafot etgan, 3,5 mingdan ortig‘i jarohat olgan.
“E’tibor bering, 48 foiz avariyalarning sababi yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklar hisoblanadi. Vaziyatni yaxshilash bo‘yicha “O‘zavtoyo‘l” va hokimliklarning mas’uliyati umuman sezilmayapti. Ular faqat asfalt yotqizish bilan ovora, harakat xavfsizligi esa e’tibordan chetda qolib ketgan”, - dedi davlat rahbari.
Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rahbari Olim Saidovga hayfsan berildi. Shuningdek, Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari YHXB boshliqlari lavozimidan ozod qilindi.
Mirziyoyev qator tuman IIB boshliqlari va prokurorlarini ishdan bo‘shatdi