Rossiya don bitimisiz ham muhtoj mamlakatlarga bug‘doy yetkazib beradi

Rossiya don ittifoqi: Rossiya don bitimisiz ham muhtoj mamlakatlarga bug‘doy yetkazib bergan va yetkazib bermoqda.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Rossiya don bitimisiz ham muhtoj mamlakatlarga bug‘doy yetkazib beradi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya don ittifoqi tahlil departamenti direktori Elena Turina so‘zlariga tayangan holda xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya don bitimidan chiqqandan so‘ng muhtoj mamlakatlar uchun Ukraina bug‘doyining barcha hajmini o‘rnini bosishga qodir, bu yangi yo‘nalish emas, yetkazib berish allaqachon olib borilmoqda va o‘tgan yildan buyon o‘sib bormoqda.

“USDA 2023-2024 yillarda Ukrainaning bug‘doy eksport salohiyatini 37,5 foizga, 10,5 million tonnagacha kamaytirishni kutmoqda. Shunga ko‘ra, don bitimi tugagandan keyin jahon bozoriga chiqa olmaydigan bu 10 millionni biz bemalol o‘rnini bosamiz”, - deydi Turina.

Uning eslatishicha, bug‘doy Rossiya uchun asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi: uning Rossiyada yalpi don hosilidagi ulushi 68%, don va dukkakli ekinlar eksportida - 86%, jahon bozorida esa 22% ni tashkil etmoqda.

“Shunga qaramay, eng kambag‘al mamlakatlarning ba’zilari Ukraina uchun maqsadli bozor bo‘lgan - masalan, Bangladesh, don bitimiga qadar yetkazib berish hajmi 800 ming tonnani tashkil etgan. Tunis - 600 ming tonna, Efiopiya - 500 ming tonna”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Aytilishicha, o‘tgan mavsumda Rossiya Ukraina don yetkazib bergan mamlakatlarga katta hajmdagi mahsulotlar yetkazib berdi. Masalan, Rossiya Bangladeshga bug‘doy yetkazib berishni 5,8 baravar, Keniyaga 4,4 baravar, Yamanga 6,4 baravar, Tunisga 14 baravar, 408 ming tonnagacha ko‘paytirgan.

“Ya’ni, biz aslida eng qashshoq mamlakatlarga don yetkazib bermoqdamiz va bizning narxlarimiz (FOB) Yevropa taklif qilganidan past bo‘lishi muhim. Masalan, o‘tgan mavsumda chegirma bir tonna uchun 10-15 dollarni tashkil etdi”, - deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qora dengiz tashabbusi yoki "don bitimi" to‘xtatilgani ma’lum qilingandi.
Putin don kelishuvini tiklash bo‘yicha shartlarni ma’lum qildi