O‘zbekiston va Xitoy harbiy prokuraturalari hamkorlik qilishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Xitoy harbiy prokuraturalari o‘rtasida memorandum imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston harbiy prokuraturasi va Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi harbiy prokuraturasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
O‘zbekiston harbiy prokurori Botir Kudratxodjayev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Bosh harbiy prokurori Chjan Szin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat harbiy prokuratura organlari o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holatini muhokama qilishdi. Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi.
O‘zbekiston va Xitoy harbiy prokuraturalari hamkorlik qilishga kelishib oldi

“Uchrashuvning muhim voqeasi O‘zbekiston harbiy prokuraturasi va Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi harbiy prokuraturasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanish marosimi bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston va Xitoy harbiy prokuraturalari hamkorlik qilishga kelishib oldi
Tadbir yakunida tomonlar mazkur hujjat ikki davlat idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarining rivojlanishiga xizmat qilishiga ishonch bildirishdi.