https://oz.sputniknews.uz/20230725/ozbekiston-harbiy-prokuror-xitoy-tashrif-37131049.html
O‘zbekiston va Xitoy harbiy prokuraturalari hamkorlik qilishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Xitoy harbiy prokuraturalari hamkorlik qilishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy harbiy prokuraturalari o‘rtasida memorandum imzolandi.
2023-07-25T09:12+0500
2023-07-25T09:12+0500
2023-07-25T11:04+0500
siyosat
xitoy
o‘zbekiston
harbiy
prokuratura
bosh prokuratura
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37130529_245:369:1067:832_1920x0_80_0_0_3001420ae614ef53c37061dc294fa30b.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston harbiy prokuraturasi va Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi harbiy prokuraturasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi Bosh prokuratura.O‘zbekiston harbiy prokurori Botir Kudratxodjayev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Bosh harbiy prokurori Chjan Szin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat harbiy prokuratura organlari o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holatini muhokama qilishdi. Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi.Tadbir yakunida tomonlar mazkur hujjat ikki davlat idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarining rivojlanishiga xizmat qilishiga ishonch bildirishdi.
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37130529_341:319:1025:832_1920x0_80_0_0_cfe19e0b6148690395e14a9f79d537dc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xitoy harbiy prokuraturasi hamkorlik memorandum
o‘zbekiston xitoy harbiy prokuraturasi hamkorlik memorandum
O‘zbekiston va Xitoy harbiy prokuraturalari hamkorlik qilishga kelishib oldi
09:12 25.07.2023 (yangilandi: 11:04 25.07.2023) O‘zbekiston va Xitoy harbiy prokuraturalari o‘rtasida memorandum imzolandi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston harbiy prokuraturasi va Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi harbiy prokuraturasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi
Bosh prokuratura. O‘zbekiston harbiy prokurori Botir Kudratxodjayev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Bosh harbiy prokurori Chjan Szin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat harbiy prokuratura organlari o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holatini muhokama qilishdi. Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi.
“Uchrashuvning muhim voqeasi O‘zbekiston harbiy prokuraturasi va Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi harbiy prokuraturasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanish marosimi bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Tadbir yakunida tomonlar mazkur hujjat ikki davlat idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarining rivojlanishiga xizmat qilishiga ishonch bildirishdi.