TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Erta tongdan O‘zbekistondagi jome masjidlarida Qurbon hayiti namozi ado etildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
© Sputnik
Tasvirlar Toshkentdagi Islomobod Jome masjidida olingan.
© Sputnik
Qurbon hayit – musulmonlarning eng ulug‘ bayrami hisoblanadi.
© Sputnik
Bayram kuni tong sahardan musulmonlar tahorat qilib, toza kiyim kiyishadi. Keyin masjidga borib namoz o‘qishadi. Namozdan so‘ng qurbonlik qilinadi va bayram dasturxoni yoziladi. Qurbonlikdan barcha qo‘shnilarga, kambag‘al va nochorlarga tarqatiladi.
© Sputnik
Qurbon hayiti kunlarida barcha musulmonlar bir-birlarini muborakbod etadilar. Qarindosh-urug‘larni borib ko‘rish, yoru birodarlarni ziyorat qilish, beva-bechoralar holidan xabar olish kabi ishlar ushbu kunda savobi ulug‘ amallardan hisoblanadi. Biror sababga ko‘ra arazlashgan, gina-kudratli tanish-bilishlar ham xuddi shu muborak ulug‘ kunlarda bir-birlariga quchoq ochsalar, o‘zaro uzr so‘rashsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki kechirimli va mehr-shavqatli bo‘lish har bir musulmon uchun ham qarz, ham farzdir.