TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. 2023-2024-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1.
mikrohudud doirasida (20 iyun – 31-iyul);2.
mikrohududdan tashqarida (1 - 15-avgust).43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda ota-onalar 20-iyun soat 12:00 dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.
Ma’lumot uchun: 2023-2024-o‘quv yilida respublika bo‘yicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.