TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Namanganda 62-Xalqaro gullar festivali doirasida “O‘zbegim palovi madaniyati” tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tanlov “Afsonalar vodiysi” tematik parkida 4 kun mobaynida o‘tkazildi.
Musobaqada 100 dan ortiq oshpazlar qatnashdi, uning final bosqichi eng mahoratlilar o‘rtasida kechdi. Namangan shahridagi “Beshchinor” oshxonasining yosh oshpazi Yaxoxon Abdulxayev bitta qozonda 2 xil osh tayyorladi.
Tanlovda oshning barcha turlarini tayyorlashga e’tibor qaratildi. Devzira, cho‘ng‘ara, lazer guruchlarida qazili, kavatakli, sarimsoqpiyozli, golubsili oshlar pishirildi.
© Ministerstvo kulturi i turizma
Shuningdek, oshxona va restoranlardagi xizmat qilish tajribalari ham ko‘rsatildi. Final bosqichi ishtirokchilari belgilangan vaqt oralig‘ida osh tayyorlab, hakamlar hukmiga havola etdi.
© Ministerstvo kulturi i turizma
“Eng yosh oshpaz”, “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi”, “Eng mazali o‘zbek taomi”, “Eng mazali kavatakli osh”, “Eng mazali sarimsoqpiyozli osh”, “Faol ishtiroki uchun” kabi nominatsiyalar belgilanib, g‘oliblariga diplom, esdalik sovg‘alari topshirildi.
© Ministerstvo kulturi i turizma