O‘zbekistonning yana uch viloyati yoga festivallarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Hindistonda faoliyat yuritayotgan sport murabbiylari tajriba almashadi.
Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov hamda Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi janob Manish Prabhat o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida sport sohasida hamkorlikni rivojlantirish, yoga sport turi bo‘yicha ommaviy tadbirlarni tashkil etish hamda O‘zbekiston va Hindistonda faoliyat yuritayotgan sport murabbiylari o‘rtasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Xabarda aytilishicha, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hamda Toshkent shahrida yoga sporti bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkazilgan.
Endilikda Buxoro, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari ham bu kabi festivallarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2021-yil 21-iyunda Toshkent shahrida xalqaro yoga festivali o‘tkazilgan. Unda 600 dan ziyod ko‘ngillilar ishtirok etgan.