Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng Sovet Ittifoqi komsomol yoshlarni Donbassni qayta tiklashga chorladi. Partiyaning ushbu da’vatiga 50 mingdan ortiq komsomol yoshlar rozi bo‘ldi.
Ularning kuchi bilan Donbassda ikki yil ichida 37 ta ko‘mir shaxtasi qurib bitkazildi va 1958-yilda ushbu shaxtalar davlatga 6 mln tonna ko‘mir berdi.
Qurilishdan keyin Itttifoqning turli burchaklaridan kelgan yoshlarning yarmi shu yerda qoldi.