TOShKENT, 4-may — Sputnik. Namangan viloyatining Pop tumanida Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, BAA, Janubiy Koreya davlatlariga mavsumda birinchilardan bo‘lib sifatli o‘rik mevasi eksporti boshlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot kotibi Farhod Mamadaliyev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, unumsiz toshloq yerlarni o‘zlashtirish dasturi asosida tashkil etilgan Pop tumanidagi “Nuran uz" meva-sabzavotchilik klasteri bu yilgi o‘rik eksportini boshladi.
© Arxiv xokimiyata Namanganskoy oblasti
“Hozirda 500 nafar mavsumiy 50 nafar doimiy ishchi o‘rni yaratgan meva-sabzavotchilik klasteri bu yilgi mavsum davomida o‘rikning o‘zidan 1000 tonna atrofida hosil olish va xorij davlatlariga eksport qilishni rejalashtirilgan”, - deydi Farhod Mamadaliyev.
© Arxiv xokimiyata Namanganskoy oblasti
Uning qo‘shimcha qilishicha, tumandagi yerlar yaroqsiz holatdan yashil maskanga aylantirilgan.
© Arxiv xokimiyata Namanganskoy oblasti
Maydonga 4 ta quduq qazilib, 102 gektar hududda tomchilatib sug‘orish yo‘li bilan Ispaniya davlatidan keltirilgan ertapishar, hosildor o‘rik, shaftoli, na’matak navlari ekilgan.
© Arxiv xokimiyata Namanganskoy oblasti
Shuningdek, Namangan viloyatining Chortoq tumani Oq ariq mahallasida Rossiya bilan hamkorlikda yirik mevachilik klasteri qurish loyihasi bo‘yicha ishlar boshlangan.