“Rossiya iqtisodi, ko‘plab ekspertlar bashorat qilganidan farqli o‘laroq, sanksiyalarga chidamli bo‘lib chiqdi.O‘tgan yilning ikkinchi choragidagi keskin pasayishdan so‘ng, iqtisodiyot uchinchi va to‘rtinchi choraklarda kuchli tiklanib, 2022-yilda ishlab chiqarishning pasayishi atigi 2,1 %ni tashkil qildi”, — deb qayd etdi hujjat mualliflari.
Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.
Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.
Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.