Innoprom — 2023

Jizzaxda yangi texnopark ochildi

Jizzax shahridagi texnopark ochilishida Tatariston rahbari Rustam Minnixanov, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev, Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Aleksey Besprovannix ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov Jizzax shahridagi texnopark ochilishida qatnashdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.
Ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev, Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Aleksey Besprovannix ham ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, yangi texnopark xorijiy kompaniyalar ishlab chiqarishini O‘zbekiston hududida mahalliylashtirish va O‘zbekiston va xorijiy kompaniyalari o‘rtasidagi kooperatsiyani kuchaytirishga mo‘ljallangan. Jizzaxdagi maydon kompleks infratuzilmaga ega. Rezidentlarga ijara va sotib olish huquqi asosida yer uchastkalariga beriladi. "Ximgrad" OA mutaxassislari uning rejasini ishlab chiqishgan.
Bu yerga kamida 36 ta kompaniya rezidentlarni joylashtirish rejalashtirilmoqda. 1100 ta yangi ish o‘rni paydo bo‘ladi. Investitsiya hajmi 60 million dollar bo‘lishi kutilmoqda.

“Biz do‘stona Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari doirasida O‘zbekiston bilan hamkokorlikni rivojlantirish imkoniyatini yuqori baholaymiz. Bunda davlatlarimiz prezidentlari Vladimir Vladimirovich Putin va Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning xizmatlari beqiyos”, - dedi Minnixanov tadbirda.

U bir yil oldin Toshkent viloyatida birinchi qo‘shma “Chirchiq” texnoparki ishga tushirilganini eslatdi. Hozir unda investitsiya hajmi 127 million dollar bo‘lgan 20 ta investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar Qozog‘iston va Tojikistonga eksport qilinmoqda.
Jizzaxdagi texnopark loyihasi Rustam Minnixanovning o‘tgan yili respublikaga uyushtirgan safari yakunlariga ko‘ra amalga oshirilgan. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda ikkinchi qo‘shma texnoparkni tashkil etishga kelishib olingan edi.
Innoprom — 2023
Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi