Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka Innoprom-2022. Sentralnaya Aziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920
Innoprom — 2023
Toshkentda 24-26 aprel kunlari “Innoprom. Markaziy Osiyo” — uchinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli mamlakatlarning 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etmoqda. Uch davlat o‘z milliy stendlari bilan ishtirok etmoqda: O‘zbekiston, Rossiya va Belarus.

Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

© Press-slujba raisa Tatarstana / MARSEL BADYKSHINRabochiy vizit raisa Tatarstana Rustama Minnixanova v Uzbekistan
Rabochiy vizit raisa Tatarstana Rustama Minnixanova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
Obuna bo‘lish
“Tatariston delegatsiyasining asosiy maqsadi – “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Tatariston rahbari (raisi) Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Uni Toshkent aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov kutib oldi.
© Press-slujba raisa Tatarstana / MARSEL BADYKSHINRabochiy vizit raisa Tatarstana Rustama Minnixanova v Uzbekistan
Rabochiy vizit raisa Tatarstana Rustama Minnixanova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2023
“Tatariston delegatsiyasining asosiy maqsadi – “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish. Tadbirda respublikadan 70 taga yaqin kompaniya qatnashadi. Ko‘rgazma majmuasida Tatariston stendi tashkil etilgan”, - deyiladi Minnixanov matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, Rustam Minnixanov Qozon Federal universiteti Jizzax filialidagi yangi Tibbiyot ta’lim markaziga tashrif buyuradi, “Jizzax” texnoparki ochilishida qatnashadi. Tatariston rahbari tashrif doirasida qator rasmiy uchrashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tatariston rahbari Rustam Minnixanov O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lishi xabar qilingan edi.
Innoprom 2023 infografika zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2023
Toshkentda Innoprom ko‘rgazmasi
Yangiliklar lentasi
0