Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rogov Ukraina harbiylari Zaporojye yo‘nalishida kimoviy qurol qo‘llaganini ma’lum qildi

2023 yil boshidan buyon Ukraina armiyasi tomonidan bir necha marta kimoviy qurol qo‘llanish holatlari qayd etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Ukraina harbiylari Zaporojye yo‘nalishida uchuvchisiz uchar qurilma yordamida kimoviy qurol qo‘lladi, bir harbiy xizmatchi jabrlandi. Bu haqda “Biz Rossiya bilan birgamiz” harakati raisi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
“UQK jangarilari <...> Zaporojye yo‘nalishida jangchilarimizga qarshi kimoviy modda qo‘llashga urinishdi. Ukromillatchilar uchuvchisiz uchar qurilma yordamida noma’lum modda qo‘llashga urinishdi. Bizning jangchilarimiz zudlik bilan javob qaytarishdi – jiddiy jabrlanganlar yo‘q, bir harbiy xizmatchi kimoviy kuyish oldi”, - deya yozdi u Telegram-kanalida.
“Shunga o‘xshash takroriy hujumga qarshi frontning oldi chizig‘iga kimoviy himoya vositalari yetkazildi”, - deya qo‘shimcha qildi Rogov.
2023 yil boshidan buyon Ukraina armiyasi tomonidan bir necha marta kimoviy qurol qo‘llanish holatlari qayd etilgan. Xususan, ukrainalik harbiylar mart boshida Artyomovsk va Donesk yo‘nalishlarida kimoviy o‘q-doridan foydalanishgani xabar qilingan edi.
Ukraina Artyomovsk yo‘nalishida kimoviy hiyla tayyorlamoqda – jazo muqarrar