Jizzax va Gulistonda havoni monitoring qiluvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatildi

O‘zbekiston hududlarida o‘rnatish uchun mo‘ljallangan 6 ta havoni monitoring qilish avtomatik stansiyasi olib kelindi.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Jizzax va Guliston shaharlarida havoni monitoring qiluvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatildi. Bu haqda "Zamin" fondi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fond va Gidrometeorologiya xizmati agentligining qo‘shma loyihasi doirasida O‘zbekiston hududlarida o‘rnatish uchun mo‘ljallangan 6 ta havoni monitoring qilish avtomatik stansiyasi olib kelindi. Ulardan ikkitasi Jizzax va Gulistonga yetkazilib, o‘rnatildi.
V Djizake i Gulistane ustanovili stansii monitoringa vozduxa
Ayni paytda mutaxassislar stansiyalarni sozlamoqda va sinov tariqasida ishga tushirmoqda, shundan so‘ng havoning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida monitoring.meteo.uz platformasida taqdim etib boriladi.
V Djizake i Gulistane ustanovili stansii monitoringa vozduxa
Stansiyalarni ishga tushirishdan avval O‘zgidrometning joylardagi xodimlari uchun o‘rnatilayotgan stansiyalarni sozlash va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy treninglar o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq har bir shahar va tumanda havo tozaligini kuzatib boruvchi avtomatik stansiyalar o‘rnatilishi ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, hududlarning havo tozaligi reytingi shakllantirilib, mansabdor shaxslar ishiga baho berib boriladi.