TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Pokiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar tashqi ishlar va mudofaa vazirlari yig‘ilishlarida ishtirok etish uchun Hindistonning taklifini ko‘rib chiqmoqda, deya yozadi RIA Novosti.
“Bu bo‘yicha qaror ShHT vazirlar yig‘ilishlari sanasiga yaqinroq qabul qilinadi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Pokiston qaroriga aprel oyi oxirida Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tadigan ShHT mudofaa vazirlari yig‘ilishiga va ushbu tashkilot tashqi ishlar idoralari rahbarlarining may oyida Goada bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishiga Hindiston tomonidan taklif qilingan Xitoyning fikri ham ta’sir qiladi.
Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligida “Hindiston Pokistonning ShHTning ushbu muhim tadbirlarida ishtirok etishidan manfaatdor bo‘lmasligi mumkin”, degan fikr mavjud.
“Agar Pokiston o‘z vazirlarini yuborishga qaror qilsa ham, Hindiston hukumati ShHT vazirlar yig‘ilishlarida qatnashishimiz qiyin bo‘ladigan vaziyatni yaratishi mumkin”, - deydi manbalar.
Hozirda 2001-yilda tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo hisoblanadi. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlatlar, Ozarbayjon, Armaniston, Misr, Kambodja, Qatar, Nepal, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka hamkor davlatlar maqomiga ega. 2023-yilda ShHTga Hindiston raislik qiladi.