Bu qiziq

Iftorlik uchun 5 ta tibbiy tavsiya

Iftorlik bilan saharlik orasida ichiladigan suv miqdori, salat va shirinlikni iste’mol qilishdagi asosiy qoidalar haqida materialimizda o‘qing.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Iftorlik vaqtida suv, salat, ovqat va shirinlikni iste’mol qilishda tegishli qoidalarga amal qilish kerak. Bu bo‘yicha Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi iftorlik vaqti uchun 5 ta tibbiy tavsiyani sanab o‘tdi.
Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlari
Birinchi navbatda, iftorlik vaqti bir stakan suv ichib, iftorlik ovqatini yemay, bir necha daqiqa kutib turish kerak.
Asosiy ovqatni yemasdan oldin salatlardan tanovul qilish. O‘zingizni biroz to‘ygandek his qilsangiz, o‘n daqiqa kuting-da, so‘ngra ovqat yeyishni davom ettiring.
Iftorlik taomini shoshmasdan, ohista yeyish. Shunda hazm jarayoni mukammal bo‘lib, qorin shishishining oldi olinadi.
Iftorlikni yeb bo‘lgan zahoti shirinlik yemaslik. Chunki bu ham hazmni qiyinlashtiradi. Shirinlikni asosiy taomdan bir necha soat keyin yegan yaxshi.
Iftorlik bilan saharlik orasida 1,5 yoki 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Shunda tanangiz kun davomida yo‘qotgan suyuqlikning o‘rnini to‘ldirib oladi.

Mavzuga oid:

Ro‘za tutishga oid eng ko‘p uchraydigan savollar
Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlari