Jigar transplantatsiyasi bo‘yicha hindistonlik jarrohlar bilan memorandum imzolandi

Mazkur shartnoma Hindistonning Haydarobod shahridagi Osiyo gastroenterologiya instituti klinikasi bilan tuzildi.
Sputnik
TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida hindistonlik xirurglar bilan jigar transplantatsiyasi amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur shartnoma Hindistonning Haydarobod shahridagi Osiyo gastroenterologiya instituti klinikasi bilan tuzildi.
Shartnomaga ko‘ra, uch oy ichida o‘zaro hamkorlikda ilk jigar ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarilishi ko‘zda tutilmoqda.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganovning aytishicha, mart oyidan boshlab 6 nafar mutaxassis ishlash va o‘qish uchun Hindistonga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston shifokorlari o‘zak transplantatsiyasida rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.