TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajarish vaqtincha hokim o‘rinbosariga yuklandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimining 24-fevraldagi farmoyishida aytilgan.
Ta’kidlanishicha, Davron Hidoyatovning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Chirchiq shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Jur’atbek Rahmonov zimmasiga yuklandi.
Farmoyishga asos sifatida Davron Hidoyatovning tibbiy xulolasi keltirilgan.
Davron Hidoyatov (1976 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998 yil) va O‘zbekiston bank-moliya akademiyasi (2001) bitiruvchisi. 1996−2004 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida, 2004−2005 yillarda "Osiyo-Invest Bank" (Moskva) boshqaruvi raisi lavozimida, 2005−2009 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida ishlagan.
2009 yildan 2012-yilgacha “GM Uzbekistan” kompaniyasining moliya bo‘yicha ijrochi direktori, 2012-yildan 2014-yilgacha MAN Auto-Uzbekistan QK bosh direktori lavozimlarida xizmat qilgan.
2014−2017 yillarda O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish davlat qo‘mitasi raisi, 2017−2018 yillarda Chilonzor tumani hokimi, 2018−2021 yillarda Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-yilning yanvaridan Toshkent viloyati hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2021-yilning o‘zida Chirchiq shahri hokimi lavozimini egallagan.