Hindistonda o‘zbek-hind hamkorligida o‘quv mashg‘uloti boshlandi – foto

“Do‘stlik-2023” birgalikdagi o‘zbek-hind o‘quvi Pitxoragarx shahridagi tog‘li hududda joylashgan Garhwal Rifles 14-batalonida o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekistondan 45 nafar harbiy xizmatchi qatnashmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Hindistonda o‘zbek-hind hamkorligida o‘quv mashg‘uloti boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Do‘stlik-2023” birgalikdagi o‘zbek-hind o‘quvi Pitxoragarx shahridagi tog‘li hududda joylashgan Garhwal Rifles 14-batalonida o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekistondan 45 nafar harbiy xizmatchi qatnashmoqda.
Tadbirda Garhwal Rifles 32-brigada komandiri brigadir Mayank Vaid va Mudofaa vazirligi mas’ul ofitseri podpolkovnik Shavkatjon Sarmonqulov so‘zga chiqishdi.
Tantanali tadbirdan so‘ng ikki mamlakat harbiy kontingenti vakillari uchun brifing hamda jamoaviy suratga tushish tadbirlari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotining ilk kunidan ishtirokchilarga Hindiston davlatining tarixi, madaniyati, hududiy bo‘linishi, urf-odat va an’analari, harbiy salohiyati va mudofaa qudrati, armiyaning tashkiliy tuzilmasi haqida ma’lumot berildi.
Shundan keyin hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilari uchun Hindiston qurolli kuchlarida foydalaniladigan qurol-aslahalar tanishtirildi.
Mashg‘ulotlar doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar:
Ikki davlat harbiy xizmatchilarining shartli terroristik guruhlarini qidirib topish
Yo‘q qilish;
Tog‘li to‘siqlarni yengib o‘tish hamda tog‘li o‘rmon sharoitlarida jangovar operatsiyalarni bajarish;
Maxsus vazifalar;
Sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar.
Hamkorlikdagi o‘quvlar 5-mart kuniga qadar davom etadi.