O‘zbekiston Suriyaga insonparvarlik yordami yubordi

Ta’kidlanishicha, qariyb 50 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami yuki yuborilgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Bugun, 21-fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Suriya Arab Respublikasining zilziladan jabr ko‘rgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, qariyb 50 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami yuki yuborilgan. Ro‘yxatga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, chidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar bo‘tqasi, odol va yostiqlar, gigiyenik vositalar to‘plami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.
Qayd etilishicha, insonparvarlik yuki yordami ko‘rinishidagi hayotiy zarur vosita va mahsulotlarni samolyot orqali O‘zbekistondan Suriyaga Favqulodda vaziyatlar, Transport vazirliklarining mas’ul xodimlari yetkazib berishadi.
Ma’lumot uchun, 6-fevral kuni Suriyaning Halab, Latakiya, Xama va Tartus viloyatlari kuchli zilziladan jiddiy zarar ko‘rdi.