TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanidagi uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa bugun, 31-yanvar kuni, soat 07:55 larda tumanning "Oqterak" MFYdagi ikki qavatli uyda ro‘y bergan. Hodisa joyiga zudlik bilan tuman FV bo‘limi yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan.
Chaqnash oqibatida 4 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Ular Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hozirda chaqnashning sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.