Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi

Bishkekda Mirziyoyev va Japarov o‘rtasidagi rasmiy uchrashuvlar boshlandi - video

Davlat rahbarini Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Qirg‘izistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy uchrashuvlar o‘tkazish uchun yetib keldi. Davlat rahbarini Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev faxriy qoravul va askarlar bilan ko‘rishdi.
Qo‘shma yig‘ilishdan so‘ng bir qator hujjatlar imzolanadi. Bundan tashqari, prezidentlar chegarani demarkatsiya qilish va delimitatsiya qilish bo‘yicha parlamentlar tomonidan ilgari qabul qilingan kelishuvlarni imzolashi kutilmoqda.
Tashrif dasturiga ko‘ra, davlat rahbarlari matbuotga qo‘shma bayonot beradi.