TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Dilshodbek Usmonovning “Montaj” qisqa metrajli filmi “Mumbai Entertainment International Film festival India” festivalida “Eng yaxshi erkak rejissor” yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Rejisser filma "Montaj" bil udostoyen nagradi v Indii.
© Informatsionnaya slujba agentstva kinematografii
Shuningdek, mazkur film “Debut” festivalining II darajali “Gran Pri” mukofotiga sazovor bo‘lgan. U Gonkongda oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi “Global University Film Awards 2022” festivali, Avstriya poytaxti Vena shahrida bo‘lib o‘tgan “Vienna International Film Awards” kinofestivali, “Moskva premyerasi” xalqaro kinofestivali, Marokashda o‘tkazilgan VII “Tetauon” xalqaro film maktablari kinofestivali, Qozog‘istondagi “Bastau” butun dunyo talabalar hamda debutantlar kinofestivalida ishtirok etgan va turli yo‘nalishlarda taqdirlangan.
Bundan tashqari kinokartina Braziliyada o‘tkazilgan “Campinas film festival 2022”ning “Eng yaxshi xalqaro qisqa metrajli film” mukofoti sohibi bo‘lgan.
Film ssenariy muallifi Husnullo Jomonqulov, postanovkachi rejissor Dilshodbek Usmonov, postanovkachi operator Kamoliddin Ziyovuddinov, postanovkachi rassom Rustam Shoyanov, kartina direktori Ilhom Absalomov, badiiy rahbar To‘ychi Ahmedov.