Kuchlar muvozanatini tiklagan bomba - video

Bundan 60-yil avval Sovuq urush avjiga chiqqan vaqtda Nikita Xrushov butun dunyoga SSSR arsenalida vodorod bombasi borligini aytgan edi. Bungacha Qo‘shma Shtatlar o‘zini yadro monopoliyasi deb hisoblagan.
Sputnik
Ikkinchi Jahon urushi yakunida Xirosima va Nagasaki shaharlariga AQSh bir zumda 300 ming kishining, keyinchalik yana 150 ming kishining umriga zomin bo‘lgan atom bombalarini tashladi. Bunday tajovuzning asl maqsadi deyarli yengilgan Yaponiyani mag‘lub qilish emas, urushda g‘alaba qozongan Sovet Ittifoqiga va unga havas bilan qarayotgan dunyoning qolgan qismiga o‘z kuchini ko‘rsatib qo‘yish edi.
SSSR yana kamida 10-yil davomida yadro quroli ishlab chiqara olmaydi degan ishonch bilan AQSh harbiylari 1959-yilda Sovet Ittifoqining barcha yirik shaharlari va sanoat markalariga 300 tacha atom bombasini yoppasiga tashlashni rejalashtiradi. Bu 2015-yilda ochiqlangan AQSh arxiv hujatlaridan ma’lum bo‘ldi.
Lekin SSSR ham bunday xavfni yaxshi tushungan holda ildam qadamlar bilan o‘z atom bombasini ishlab yaratishni boshlab yuboradi va AQSh o‘ylaganidan ancha oldin uni tayyorlash va sinovdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ladi.
️Bu voqea dunyodagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirdi: vodorod bombasi barchani yadro poygasi xavfidan xabardor qildi.
Shu yilning o‘zidayoq G‘arb davlatlari o‘zlarining yovuz niyatlaridan voz kechishgan va 1963-yil 5-avgustda SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya rahbarlari yadroviy sinovlarni taqiqlovchi birinchi xalqaro shartnomani imzolashdi.
Bundan 60-yil avval Sovuq urush avjiga chiqqan vaqtda Nikita Xrushov butun dunyoga SSSR arsenalida vodorod bombasi borligini aytgan edi. Bungacha Qo‘shma Shtatlar o‘zini yadro monopoliyasi deb hisoblagan.
AQSh O‘zbekistonga 10ta atom bomba tashlashni rejalashtirgan