"Bu yerda yarim yemirilish davri bir necha o‘n daqiqa bo‘lgan qisqa muddat yashovchi izotoplar kerak. Ular yordamida Kara-Tau fosforitlaridan samaraliroq foydalarish va yerlar sho‘rlanishini oldini olish imkonini beradi. Paxtachilikda ham bunday izotoplar juda kerak. Qisqa muddat yashovchi izotoplarni hech qayerdan olib kelib bo‘lmaydi. Reaktor qurish kerak", - deb o‘z kuzatuvlarini yakunlagan edi o‘shanda buyuk olim Igor Vasilyevich Kurchatov.
“U, xususan, Toshkentda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish borasidagi ishlarda bunday ko‘lam, saviya va qiziqishni topaman deb o‘ylamaganligini tan oldi. Va bu ishlar qo‘llab-quvvatlanishini va’da berdi. Toshkentlik olimlarga esa barcha ishlarning rivojlanishi borasida shaxsan u bilan bog‘lanishni tayinladi", - deb eslaydi O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining sobiq birinchi kotibi Nuritdin Muhitdinov o‘z xotiralarida.
“Kechqurun Igor Vasilyevich Kurchatov va Yuliy Borisovich Xariton [yadro fizigi, SSSR Fanlar akademiyasi a’zosi – tahr.] Fanlar akademiyasi [O‘zbekiston] prezidenti Tesha Zohidovich Zohidovning uyida mehmonda bo‘lib, o‘zini erkin his qilganini aytdi. "U hatto oshxonaga chiqib, qanday ovqat tayyorlayotganini ko‘rdi. Zohidov unga o‘zbekcha to‘n, belbog‘ va do‘ppi sovg‘a qildi. Keyinchalik Moskvada, olim uyida mehmonlar oldiga o‘sha to‘n va do‘ppida ko‘rinish berar edi”, - deb yozadi o‘zbek olimi Sodiq Azimov.