TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Ukraina qo‘shinlariga Soledardan chekinishga buyruq berildi, dedi Lugansk xalq respublikasi politsiyasi polkovnigi Vitaliy Kiselov Kiyev harbiylari safidagi manbalarga tayanib. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Telegram kanalida u “yaqin kelajakda dushman Soledar va uning atrofidagi qishloqlarni tark etadi” degan fikrni bildirdi.
“Dushman manbalari Ukraina Qurolli kuchlari chekinish buyrug‘ini olganini tasdiqlaydi”, - dedi Kiselov.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich Ukraina qo‘shinlari Artyomovsk va Soledar tumanlarida jiddiy yo‘qotishlarga uchraganini ma’lum qilgandi. Artyomovsk va Soledar uchun shiddatli janglar davom etmoqda.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Rossiya Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.