Turkiya o‘z qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishga rozi bo‘ldi – OAV

Muzokaralarda Suriya shimolidagi M4 avtomagistrali bo‘yicha 2020-yilgi kelishuvning amalga oshirilishi ham muhokama qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Rasmiy Anqara Turkiya, Suriya va Rossiya mudofaa vazirlarining Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng o‘z qo‘shinlarini Suriya hududidan olib chiqishga rozi bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Suriyaning “Al-Vatan” gazetasiga asoslanib xabar berdi.
Avvalroq RF Mudofaa vazirligi Rossiya, Suriya va Turkiya mudofaa vazirlari shu hafta Moskvada Arab Respublikasidagi inqirozini hal qilish yo‘llarini muhokama qilish uchun uch tomonlama muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bergandi. Vazirlikning aniqlik kiritishicha, “uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu formatda o‘tkazilgan muloqotning konstruktiv xarakterini hamda Arab Respublikasi va butun mintaqadagi vaziyatni yanada barqarorlashtirish yo‘lida uni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar”.
Harbiy idoralar rahbarlarining Moskvadagi muzokaralari Anqara va Damashq o‘rtasidagi so‘nggi 11-yilda ztkazilgan ilk rasmiy muzokara bo‘ldi, deb yozadi Hürriyet gazetasi.
“Al-Vatan” manbalaridan biriga ko‘ra, uch davlat vazirlarining Moskvadagi uchrashuvi natijalaridan biri Turkiyaning Suriya shimolida nazoratiga olgan hududlardan to‘liq chiqib ketishiga kelishib olgani bo‘lgan.
Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar Suriya shimolidagi M4 avtomagistrali bo‘yicha 2020-yilgi kelishuvning amalga oshirilishini ham muhokama qilgan.
Shuningdek, tomonlar Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) tuzilmalari “Isroil va AQShning agentlari bo‘lib, Turkiya va Suriya uchun eng katta xavf tug‘dirayotganini” ta’kidlagan.