Mirziyoyev: “Maktabda o‘tilmagan fanlardan OTMga kirish imtihonida savol bermang”

Prezident OTMga kirish imtihonlari maktabda o‘tilgan fanlar bo‘yicha o‘tkazilishi bo‘yicha berilgan taklifni ma’qulladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Ayni daqiqalarda prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasi mutasaddilari hamda o‘qituvchilar bilan muloqot qilmoqda.
Muloqotda davlat rahbari oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari maktabda o‘tilgan fanlar bo‘yicha o‘tkazilishi bo‘yicha berilgan taklifni ma’qulladi.
“Bu nomutanosiblikka barham berish kerak. Maktabda o‘tilmagan fanlar bo‘yicha savollar berilmasligi kerak. Men bu bo‘yicha topshiriq berganman”, - deydi davlat rahbari.
Uchrashuvda so‘z olgan o‘qituvchilardan biri, o‘qituvchilar endi uxlamay mehnat qilishi kerakligini ta’kidladi.
“Prezident oldimizga katta vazifalar qo‘ydi. Biz esa bu vazifalarni bajarish, sifatli ta’limni ta’minlash uchun uxlamay mehnat qilishimiz, o‘z ustimizda tinimsiz ishlashimiz kerak”, - deydi u.
Mirziyoyev o‘qituvchilarga: maoshingizni oshirdik, kelajakda yana ko‘paytiramiz