TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Oktabr oyida Buyuk Britaniyada yillik inflyatsiya bir oy oldingi 10,1 foizdan 11,1 foizga oshib, 41-yillik rekord darajagacha tezlashdi. Bu haqda Britaniya Milliy statistika burosi (Office for National Statistics, ONS) ma’lumotlari darak bermoqda, deya yozadi RIA Novosti.
Hozirgi inflyatsiya 1981-yil oktabr oyida qayd etilgan 11,2 foizlik ko‘rsatkichdan keyin so‘nggi 41-yilda kuzatilgan eng yuqori daraja hisoblanadi.
Oktabr oyida Britaniyada iste’mol narxlari 2 foizga oshdi. Sentabrda narxlar 0,5 foizga oshgandi.
Daily FX portali so‘rovnomasida ishtirok etgan tahlilchilar yillik inflyatsiya 10,7 foiz, oylik - 1,7 foiz bo‘lishin kutmoqda.
Shu bilan birga, CPIH indeksi (uy-joy mulkdorlarining uy-joyni saqlash uchun xarajatlarini hisobga olgan holda inflyatsiya) bir oy oldingi 8,8 foizdan keyin 9,6 foizni tashkil etdi. Oktabr oyida ushbu indeks bo‘yicha narxlar sentabr oyidagi 0,9 foiz o‘rniga 1,6 foizga oshdi.
Umuman olganda, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi inflyatsiyaning tezlashishiga katta hissa qo‘shdi, transport narxlari (asosan avtomobil yoqilg‘isi va foydalanilgan avtomobillar narxlari) esa umumiy ko‘rsatkichga pasayuvchi ta’sir ko‘rsatdi.