TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Latviyani fashist nemislar istilochilaridan ozod qilgan sovet jangchilari xotirasiga o‘rnatilgan ham “Alosha” nomi bilan mashhur haykalni buzib tashlash boshlandi. Bu haqda lsm.lv portali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mamlakat sharqidagi Rezekne shahrida joylashgan bu haykalni buzish ishlari mahalliy vaqt bilan 5:00 da boshlangan va soat 8:30 larda sovet askari postamentdan olingan. Yodgorlik atrofi o‘rab qo‘yilgan va uning oldida politsiyachilar navbatchilik qilishmoqda.
Portal xabariga ko‘ra, Rezekne meri Aleksandr Bartashevich avvalroq u “Alosha”ni buzib tashlash bu haykalni tahqirlash ekani va uni to‘xtatib qolishga ojizligini aytgan. Bundan tashqari, Bartashevich bu davlatning katta xatosi ekanini ta’kidlagan. Mer aholining aksariyat qismi bu qarorni qo‘llamasligini bildirgan.
“Alosha” monumenti 1976-yilda o‘rnatilgandi, uning mualliflari latviyalik haykaltaroshlar Otto Kaleys i Oyars Silinsh hamda me’mor Elmar Salguss bo‘lgan.
Latviya parlamenti avvalroq Rossiya bilan sovet jangchilari haykallarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi shartnoma moddasining amal qilishini to‘xtatgan edi. Bu Riga xaloskorlari haykalini buzishga imkon bergandi. 9-may G‘alaba kuni Rigada aholi Xaloskorlar haykali oldiga gul keltirdi. 10 may kuni ertalab Latviya IIV rahbarining buyrug‘i bilan traktor keltirilgan gullarni to‘plab olib ketgandi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Latviya, Litva va Estoniyada davlat darajasida sovet harbiy-yodgorlik merosini vayron qilish to‘g‘risidagi qarorlarga munosabat bildirib, shunga o‘xshash Rossiyaga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar neonatsizmning ko‘rinishini ekanini ta’kidlagandi.