Pokiston Rossiyadan yoqilg‘i sotib olishni rejalashtirmoqda

Pokiston moliya vaziri Pokiston Rossiyadan yoqilg‘ini qo‘shni Hindistonga yetkazib berilayotgan stavkada sotib olishga tayyorligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Pokiston moliya vaziri Isxak Dar Pokiston Rossiya yoqilg‘isini Hindistonga yetkazib beriladigan narxda sotib olishga tayyorligini aytdi. Bu haqda mamlakatning News nashri yozmoqda.

“AQShda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Pokiston moliya vaziri Isxak Dar Pokiston Rossiyadan yoqilg‘ini qo‘shni Hindistonga yetkazib berilayotgan stavkada sotib olishga tayyorligini aytdi”, - deyiladi nashrda.

Ta’kidlanishicha, vazir Pokistonda yaqinda sodir bo‘lgan misli ko‘rilmagan suv toshqinlari sabab bo‘lgan moliyaviy qiyinchiliklar tufayli G‘arbning chegirmali yoqilg‘i importiga e’tirozlari bo‘lmasligiga umid bildirgan.