TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida omikron BA-2.75 koronavirus shtammining yanada yuqumli subvarianti aniqlandi. Bu haqda Lok Nayak shifoxonasi bosh shifokori Suresh Kumar ma’lum qildi.
Kumarning so‘zlariga ko‘ra, yangi shtamm omikronning oldingi versiyalariga qaraganda ancha xavfli bo‘lib, kasallik paytida yoki emlash natijasida olingan koronavirus infeksiyasiga antitanachalari bo‘lgan odamlarning organizmiga faol kirib boradi.
BA-2.75 varianti allaqachon dunyoning ko‘plab mamlakatlarida aniqlangan.