Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston kuchli raqib bilan durang o‘ynadi

Shaxmat olimpiadasining oltinchi turida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Hindiston bilan durang o‘ynadi, ayollar jamoasi esa Shotlandiyani mag‘lub etdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilayotgan 44-shaxmat olimpiadasining oltinchi turida Hindiston jamoasi bilan durang o‘ynadi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hindiston termasining o‘rtacha reytingi (2690) O‘zbekistonnikidan (2622) yuqoriroq edi. 3-avgust kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
Jahongir Vohidov g‘alaba, Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboyev durang qayd etdi, Nodirbek Abdusattorov esa mag‘lubiyatga uchradi.
Oltinchi tur yakunlariga ko‘ra, 10 ochko jamg‘argan O‘zbekiston termasi 188 ta jamoa ishtirok etayotgan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda shaxmatchilar perulik shaxmatchilar (13-o‘rin) bilan dona surishadi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa 6-turda Shotlandiya jamoasi ustidan yirik g‘alaba qozondi. Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova, Afruza Hamdamova va Marjona Malikovalar raqiblarini mag‘lub etishdi Yakuniy hisob 4:0 ko‘rinishida o‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar foydasiga hal bo‘ldi.
Jenskaya sbornaya Uzbekistana po shaxmatam
O‘zbekistonlik shaxmatchi qizlar 164 ta jamoa ichida 8 ochko jamg‘argan holda 37-o‘rinda bormoqda. Ular keyingi turda Serbiya jamoasi (35-o‘rin) bilan kuch sinashishadi.

Mavzuga oid:

O‘zbekiston shaxmat jamoasi Slovakiya ustidan g‘alaba qozondi
Qizlar jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
O‘zbekiston terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etadi
FIDE reytingida O‘zbekiston TOP-20 talikka kirdi