Vuchich Serbiya prezidenti saylovida g‘alaba qozondi

Serbiya prezidenti va parlamenti saylovlarida saylovchilarning 58-60 foizi qatnashgan.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Serbiyaning amaldagi prezidenti Aleksandr Vuchich prezident saylovida g‘alaba qozondi. Bundan Serbiya Respublika saylov komissiyasi saytida ma’lumotlar darak bermoqda.
Hisoblab bo‘lingan 90 foiz ovozlar ma’lumotlariga ko‘ra, Vuchich saylovning birinchi bosqichida saylovchilarning 59,55 foiz ovozi bilan g‘alaba qozongan. Shu tariqa, Vuchich bu lavozimga qayta saylangan.
Serbiyaning sobiq Bosh shtabi rahbari Zdravko Ponosh 17,53 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinda. Milosh Yovanovich 5,82 foiz natija bilan hozircha uchinchi o‘rinda.
3 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Serbiya prezidenti va parlamenti saylovlarida saylovchilarning 58-60 foizi qatnashgan.
Yevropa hamjihatligi qog‘ozdagi ertak ekan: Serbiya prezidenti
Kuni kecha Aleksandr Vuchich Serbiya Rossiya bilan hamkorlik va do‘stlik munosabatlarini saqlab qolishga intilishini ma’lum qilgan edi. Mamlakat o‘zining harbiy betaraflik siyosatini davom ettiradi va biror bir harbiy blokka qo‘shilishdan voz kechadi.