TOShKENT, 29 dek —Sputnik. Ma’lumki Xitoyda kommunizm o‘rnatilishiga birinchi navbatda SSSR sababchi bo‘lgan. 1911-yilda Xitoyda Sinxay inqilobi natijasida Respublika o‘rnatilgan edi. Hukumat boshiga xitoy millatchilari kelishi mamlakatning harbiylashishiga va turli nizolar oqibatida tarqrorlik avj olishiga sabab bo‘ldi.
O‘sha vaqtlarda Sovet Ittifoqi tashkil qilinishi va oyoqqa turish jarayoni Xitoy yoshlarida katta qiziqish uyg‘otar va umid bilan “qizil qo‘shni”ga nazar tashlardi. Xitoy yoshlarida ham ijtimoiy tenglik va sotsializm g‘oyalari katta qiziqish uyg‘otardi. 1920-yillarda Xitoyda kommunistik partiyaning birinchi yashirin syezdi bo‘lib o‘tadi.
Salkam 20 yi davom etgan yashirin kurash kolmmunistlar g‘alabasiga olib kelmaydi, lekin shu vaqtda Ikkinchi jahon urushi va yapon intervensiyasi boshlanadi. Vanihoyat SSSR yordamida yaponlar quvilganidan so‘ng 1949-yilda hukumat boshiga Mao Szedun keladi va Xitoy Xalq Respublikasi tashkil qilinganini e’lon qiladi.
Yangi chaqiriqlar
Stalin vafotidan so‘ng, SSSR va Xitoy do‘stligi ham ma’lum sinovlardan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Mao Szedun SSSR yangi rahbariyatini revizionizmda ayblab, munosabatlarni uzib qo‘ydi va o‘z bilganicha mamlakatni boshqara boshladi. “Ulkan sakrash”shiori ostida o‘tkazilgan islohotlar aksincha natijalarga olib keldi: mamlakatda ommaviy ochlik, gumanitar va madaniy inqiroz sodir bo‘ldi.
Kommunistik partiya rahbariyati orasida “buyuk yo‘lboshchi” tanlagan yo‘nalish to‘g‘ri ekaniga shubhalanuvchi kishilar paydo bo‘ldi. Ularning aksariyatio‘qimishli va o‘z ishini yaxshi bilgan kishilar edi. Mao Szedun bularning barchasidan xabardor edi va partiya ichida paydo bo‘lgan raqobatga qarshi “Buyuk madaniy inqilob” nomi ostida haqiqiy qatag‘on e’lon qildi. Oqibatda, millionlab fan va madaniyating yetakchi vakillari, intelligensiya yo‘q qilindi, davlat rivojlanishda bir necha yil orqaga surildi. Qatag‘on 1976-yilda Maoning o‘limidan so‘ng tugadi.
Hukumat boshiga “madaniy inqilob” vaqtida o‘zi ham aziyat chekkan Den Saopin keldi va asta sekin, “paypaslab”, ko‘plab tanqid va tortishuvlar bilan Xitoy oldinga qarab yura boshladi.
1980 yillar oxirda SSSR va Xitoy munosabatlari yana iliqlashdi. Xitoy yoshlari ham SSSRda o‘sha vaqtlardan boshlangan “qayta qurish” g‘oyasi bilan qiziqa boshladi. Buning oqibatida u yerda yana qandaydir harakatlar boshlandi va 1989-yilda Mixail Gorbachevning tashrifi vaqtida Tananmen — bosh maydonida katta namoyish bo‘ldi. Xitoy hukumati tomonidan ushbu namoyish shafqatsizarcha bostirildi. Sovet hukumati Xitoydan buning uchun norozi bo‘lsa-da hech narsa demadi, chunki ushbu vaqtda uning o‘z muammolari oshib-toshib yotgan edi. Axir o‘shanda SSSR tugashida atigi 1,5 yil vaqt qolgan edi.
Xitoy Kommunisttik partiyasi esa Tananmen maydonidagi mitingdan ham SSSR tarqalib ketishidan ham o‘zi uchun kerakli xulosalar chiqrib, kelajak rivojlanish yo‘nalishini to‘g‘ri tanlay oldi.
Aqlni axmoqdan o‘rgan yoki SSSR tajribasi
CCCRda 1991-yilda sodir bo‘lgan voqealarga Xitoy ochiqchasiga hech qanday reaksiya bildirilmagan bo‘lsa-da, o‘zi uchun kerakli xulosalarni chiqarib oldi. Va birinchi xulosa –Mixail Gorbachev boshlagan qayta qurish SSSRni falokatga olib keldi.
O‘tgan 30-yil davomida Xitoylik mutaxassislar Sovet Ittifoqi inqirozini o‘rganib chiqishmoqda, partiyadagi o‘zgarishlar, har bir qo‘yilgan qadam, qayta qurish va boshqa jihatlar sinchiklab o‘rganilmoqda. Maqsad – Xitoyda bunga yo‘l qo‘ymaslik.
“Shu vaqtgacha bildirilgan xulosalar orasida SSSRning ijtimoiy-iqtisodiy qiyin ahvolga tushib qolgani, KPSS inqirozi, KPSS rahbariyatining marksizmning ilk qadriyatlariga xiyonat qilishi – butun mamlakatni barbod qildi, degan xulosaga kelmoqda”, - deydi Rossiya Fanlar akademiyasining Uzoq Sharq bo‘limi ilmiy xodimi Ivan Zuyenko.
Sovet Ittifoqining eng katta xatolari orasida – partiya va davlat rahbarlarining turli qarashlari tufayli tarqoqlik sodir bo‘lishi, korrupsiya, mamlakat chetlarida separatizm.
Shuningdek xitoylik mutaxassislar Mixail Gorbachevning Xitoyning o‘sha vaqtlarda allaqachon o‘zining samaradorligini ko‘rsatgan Xitoy tajribasiga ataylab e’tibor qaratmaganini ham qayd etishdi, - deydi Zuyev.
Hamma narsa xalq uchun
Xitoy ham 21 asar boshida mamlakatda kuchli korrupsiya va samarasiz boshqaruv muammolari, va mafkuraviy ishonchsizlik va separatistik kayfiyatlarga duch kelgan edi. 2012-yilda hukumat boshiga kelgan Si Szinpin mamlakatning kelajak rivojlanish yo‘lini belgiladi, - deb o‘z fikrini bildirdi NIU VShEning Sharqshunoslik maktabi rahbari Andrey Karneyev.
“Hukumat boshiga Si kelganda asosan ikki xil fikr mavjud edi – G‘arb yo‘lidan ketish kerakmi yoki sotsializm tomon. Bu borada hukumatda tortishuvlar shu qadar avj oldiki, vaziyat misli chayqalayotgan qayiqqa o‘xshab qoldi” – deydi mutaxassis.
O‘z chiqishlarida Si Szinpin Sovet Ittifoqi tajribasini misol qilib ko‘rsatdi. Xitoy yangi rahbari – SSSR tarqalib ketayotganda hech kim so‘nggi sovet elitasini himoya qilib chiqmaganiga, ularning xalq orasida obro‘yi shunchalik tushib ketganiga e’tibor qaratdi va “Xitoy kompartiyasi bunga yo‘l qo‘ymasligi kerak” deb xulosa qildi Si.
“Si Szinpin hukumat boshiga kelganda Xitoyda Sovet Ittifoqida sodir bo‘lgan voqealarga yo‘l qo‘ymaslik – o‘zining asosiy burchi deb bildi. Shu sababli qisqa vaqt ichida ko‘p pul ishlab topish, aholining kichik qismi o‘ta boy bo‘lib ketishi, materializmga ruju qo‘yish, boylar va kambag‘allar, shahar va qishloq hamda hududlar orasida moddiy tafovut kuchayishiga qat’iy qarshi chiqdi”, - deydi Karneyev.
Shu sababli ham so‘nggi yillarda Xitoyda kommunistik qadriyatlar yana oldingi safga chiqdi. Har qadamda “Dastlabki qadriyatlarni unutma” degan qizil shiorlar, maqolalar paydo bo‘ldi. Davlat rahbari partiyaning barcha rahbarlari Kompartiya muzeyiga shaxsan olib kelib, ular kompartiyaga kirish vaqti keltirgan qasamodlarini takrorlashga majbur qildi.
“Bu choralarning barchasi aholi orasida kompartiyaga bo‘lga ishonchni tiklashga qaratilgan. Shu bilan birga ular qadimiy Xitoy falsafasini ham kommunistik partiya qadriyatlariga bog‘lashga harakat qilishmoqda. Masalan, Konfutsiy qadriyatlaridan biri “Faqatgina odob-axloqni bilgan kishi hokimiyatni boshqarish huquqiga ega. Shu sababli ham kompartiya o‘zining o‘tmishdagi qadriyatlariga qaytib, o‘z ildizlariga yanada mustahkamlamoqda”, - deydi mutaxassis.
Albatta, Xitoy kommunistik partiyasining bugungi yo‘nalishi faqatgina “muvaffaqiyatsiz sovet tajribasiga asoslanmagan”. Lekin Sovet Ittifoqi qulashining asosiy sabablaridan biri bo‘lgan “Qayta qurish” siyosatini – Xitoylik kommunistlar ”zararli maslahatlar” to‘plami deb atayotgani aniq.