Uchinchi Reyx rahbarlari. Ular nimada ayblangan edi?

Nyurnberg sudlari - siyosiy dunyodagi bugungi tinchlikning asosiy tamal toshi. Misli ko‘rilmagan jamoat harakati va insonparvarlik kelishuvi. Biroq bugun, sud hukmlaridan 75-yil o‘tib, uning ahamiyati kamayib bormoqda.
Sputnik
Minglab taxminlar, ongli yolg‘onlar va tasodifiy aldanishlar so‘nggi 80-yildagi eng muhim voqeaning tarixiy haqiqatini tubdan buzib ko‘rsatadi. Jurnalistlar, olimlar va aktorlar tomonidan yaratilgan o‘zining formati va ma’nosiga ko‘ra noyob loyiha tarixni “boshdan o‘tkazishga” va Uchinchi Reyx jinoyatchilarining aybdorligini isbotlashga chaqiradi. "Nyurnberg.Xalqlar VRdikti" - insoniyatga qarshi jinoyat haqida birinchi “to‘liq” metrajli hujjatli VR-detektiv.
“Hujum qilmaslik to‘g‘risidagi pakt (Molotov-Ribbentrop pakti nomi bilan ham mashhur) bilan Germaniya va SSSR Yevropa va mustaqil davlatlar hududlarini ikki totalitar rejim o‘rtasida bo‘lib olib, Ikkinchi Jahon urushi boshlanishiga zamin yaratdi”. Yevropa Parlamenti rezolyutsiyasidan
Gitlerni urush boshlashga haqiqatdan SSSR ham majbur qildimi? Fashistlar jinoyatlari uchun SSSR ham Germaniya barobar javobgarmi? Unda Uchinchi Reyx rahbarlari qanday jinoyatlari uchun sudlangan edi?
Har qanday maktab o‘quvchisi ham "natsistlar yomon" deydi, biroq negaligini hamma ham tushuntira oladimi? Uchinchi Reyxning asosiy rahbarlari ustidan sud jarayoni nima uchun xalqlar hukmi deya ataldi? Unutganlarga fashistlar jinoyatlari dahshatli ekanligini eslatish, bilmaganlarga esa aytib berish vaqti kelmadimikan?
"Rossiya Segodnya" Xalqaro Axborot Agentligi M. Gorkiy nomidagi Moskva badiiy teatri ishtiroki va Rus harbiy tarixiy jamiyati (RVIO) ko‘magida “Nyurnberg. Xalqlar VRdikti” nomli noyob VR-detektivni namoyish qiladi.
“Nyurnberg. Xalqlar VRdikti” VR-detektiv hikoyasida siz boshqa bir inson rolini o‘ynamaysiz. Siz shaxsan o‘tmishga sayohat qilish va o‘z tergovingizni o‘tkazish, Uchinchi Reyx rahbarlarining jinoyatlariga oid haqiqiy dalillarni topish va o‘z hukmingizni chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Qanday qilib butun boshli bir xalqni o‘z ustunligiga ko‘r-ko‘rona ishonadigan va boshqa xalqlarni shafqatsizlarcha yo‘q qilishga undash mumkin? Qanday qilib barcha xalqaro shartnomalarni buzgan holda Germaniyani yashirincha urushga tayyorlashga muvaffaq bo‘lishdi? Qanday qilib natsistlar hokimiyatni egallashga muvaffaq bo‘ldi va bunda ularga kim yordam berdi? Hamon ko‘p savollarga javob berish qiyin.
30-yillarning ikkinchi yarmida hammasi urush tomon ketayotgan edi. Urush haqida ko‘chada ham gapirishdi, matbuotda ham u haqida yozishdi va siyosatshunoslar ham u haqida bashorat qildi.
1938 yilda Fransiya Ribbentrop-Bonne paktini imzoladi, unga ko‘ra u fashistlar Germaniyasining so‘nggi yillardagi barcha anneksiyalarini tan oldi va o‘zaro tajovuz qilmaslik to‘g‘risida kelishib oldi. Keyinchalik fransuz siyosatchisi Pol Reyno Ribbentrop bilan muzokaralardan so‘ng Bonneda "bundan buyon nemis siyosati bolshevizmga qarshi kurashishga qaratilgan taassurot qoldirdi", deb yozgan edi. Reyx uning sharqiy yo‘nalishda kengayish istagi borligini aniq bildirdi...".
Ikki yil oldin, 1936-yilda Germaniya Yaponiya bilan Antikomintern pakti- kommunizmga qarshilik ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzdi, keyinchalik unga Italiya va Ispaniya ham qo‘shildi.
Natsistlar siyosatining asosiy quruvchisi kim? Odamlarni qiynoqqa solgan va o‘ldirgan Gestapo- yashirin politsiya qanday paydo bo‘ldi? “Gitlerugend”- furer uchun jon berishga tayyor bo‘lgan bolalar tashkilotini kim yaratgan edi?

Yoaxim fon Ribbentrop

Yoaxim fon Ribbentrop - Uchinchi Reyx tashqi ishlar vaziri. Gitler va fashistlar Germaniyasining ishonchli vakili va “jarchi”si bo‘lgan shaxs. Aynan uning sa’y-harakatlari tufayli butun dunyo Germaniyaning harbiy kuch to‘plashi va urushga tayyorlanayotganiga “ko‘z yumgan” edi.

German Vilgelm Goring

German Goring - Lyuftvaffe № 2 fashistlar oliy qo‘mondoni va Uchinchi Reyxning eng boy va nufuzli kishilaridan biri bo‘lgan. Gestapo- maxfiy politsiyasining asoschisi va rahbari. Uning natsistlar rejimini o‘rnatishdagi rolini yuqori baholamaslikning va uning qo‘lidan bevosita va bilvosita o‘ldirilgan qurbonlar sonini hisoblashning iloji yo‘q. Germaniyaning o‘z qo‘shinlariga ega bo‘lishini taqiqlovchi barcha xalqaro shartnomalarni buzgan holda, Goring juda qisqa vaqt ichida dunyodagi eng kuchli havo flotlaridan birini yaratdi va Germaniyani urushga tayyorladi.

Baldur fon Shirax

Gitlerni Shiraxdan ko‘ra ko‘proq sevgan odamni topish qiyin. Gitlerugend rahbari Furerga ko‘r-ko‘rona ishonadigan askarlarni ishlab chiqarish uchun mashina yaratgan. U o‘z fanatizmini Germaniya va qo‘shni mamlakatlar bolalariga muvaffaqiyatli “yuqtirgan”. Ko‘p insonlarni “zombi”ga aylantirgan, bolaligidan va kerak bo‘lsa hayotidan mahrum qilgan. Kamida 80 mingta bolalar va tinch aholi o‘limida Von Shiraxning aloqasi bor.

Alfred Ernst Rozenberg

Alfred Rozenberg - natsizmning asosiy ideologi, Reyxning Sharqiy bosib olingan hududlar bo‘yicha vaziri. "Aran irqining ustunligi" va "yahudiylar masalasining yakuniy yechimi" kabi fundamental tushunchalar muallifi. Uchinchi Reyxning eng yuqori rahbarlaridan biri. Rozenberg nemis xalqi dunyoqarashini propaganda, ommaviy axborot vositalari va adabiyot orqali shakllantirgan. Ko‘p yillar davomida u Germaniya fuqarolari ongiga ular faqat oriylarning irqi ekanligini singdirgan. U nemislar uchun hamma narsaga ruxsat berilganiga, boshqa xalqlarni yo‘q qilish esa faqat zaruriy mudofaa chorasi ekanligiga ishontirgan.

Karl Donis

Karl Donis - Germaniya harbiy-dengiz kuchlari gross-admirali, hech qanday qoidalarsiz halokatli dengiz urushini olib borgan, harbiy bo‘lmagan kemalarni yo‘q qilgan va cho‘kayotganlarni qutqarishni taqiqlagan. U Gitlerga fidoiy va sodiq bo‘lgan, buning uchun Gitleruni Uchinchi Reyx rahbarligiga o‘zining vorisi etib tayinlagan.
Noyob VRdetektiv hikoyasida Uchinchi Reyx dengiz flotining jinoyatlari haqidagi haqiqatni oching
Rossiyada, SSSR Gitler qo‘lini bo‘shatib, Germaniyani urush boshlashga majburlagan, degan fikrlar ham mashhur. Ba’zi blogerlar ushbu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi va

“SSSR Uchinchi Reyx bilan do‘st bo‘lgan, Stalin esa Gitler bilan Yevropani bo‘lib olgan”, - Bloger Ilya Varlamov deya ta’kidlaydi.

Bunday qarashlar tarafdorlari, masalan, Munxen kelishuvi va unda Polsha ham faol ishtirok etganini unutgan. 1938-yil sentabr oyida Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Italiya Munxen bitimini imzolagan. Unga ko‘ra Germaniya, Polsha va Vengriya Chexoslovakiya yerlarining bir qismini o‘zaro bo‘lib olgan. Chexoslovakiya vakillari esa hatto shartnoma shartlarini muhokama qilishga ham taklif qilinmagan.
Bir oy o‘tgach, Germaniya va Polsha Chexoslovakiyaga o‘z qo‘shinlarini kiritdi. Chexoslovakiya Prezidenti Edvard Benesh SSSRga ittifoqlik shartnomasini eslatib, yordam so‘radi. Sovet Ittifoqi javob berdi, biroq... Polsha vakillari Sovet qo‘shnini o‘tkazmasligini va bunday holatda darhol SSSRga urush e’lon qilishini bildirdi. Buyuk Britaniya va Fransiya Sovet Ittifoqining Chexoslovakiyani Millatlar Ligasida jamoaviy qo‘llab-quvvatlashni muhokama qilish takliflarini blokladi. Keyingi yili Polsha o‘z qo‘shnisiga qanday taqdirni ravo ko‘rgan bo‘lsa, xuddi shunday taqdirga o‘zi ham duch keldi.
Taxminan olti oy oldin, 1938-yil mart oyida Yevropa rahbarlari fashistlar Germaniyasi tomonidan yana bir mamlakat o‘z mustaqilligini yo‘qotayotganini kuzatib turdi: Avtriya anshlyusi haqida so‘z ketmoqda. Hech kim Gitlerni qoralamadi, hech kim Germaniya bilan munosabatlarini buzmadi. Angliya, Fransiya va AQShning yuqori lavozimli amaldorlari Germaniyada sodir bo‘layotgan hamma narsadan xabardor edi. Yillar davomida ular fashistlar muvaffaqiyatlarini kuzatib turdi, ularni pul bilan qo‘llab-quvvatladi va Uchinchi Reyx tajovuziga esa ko‘z yumdi, ba’zida hatto olqishlashdi, rag‘batlantirishdi. Bugun esa bu davlatlar rahbarlari SSSRni ayblab, Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga aynan Sovet Ittifoqi aybdor, deya da’vo qilmoqda.
Yoaxim fon Ribbentrop, German Goring, Alfred Rozenberg, Baldur fon Shirax, Karl Donis-bularning barchasi Yevropada taniqli edi. Ularning ba’zilari Yevropaning eng yuqori siyosiy doiralari intizorlik bilan kutiladigan mehmonlari edi.
Fashistlar Germaniyasi asosiy rahbarlarini sud qilgan Nyurnberg sudlari deyarli bir yil davom etdi. 75-yildan keyin fashizm revansh qilishga harakat qilmoqda. Bugun ular xalq sudi xulosalarini qayta yozishga va qadrsizlantirishga harakat qilmoqdalar. Tarix qayta yozilmoqda, aybni Uchinchi Reyx va Sovet Ittifoqi o‘rtasida taqsimlashmoqda, natsist jinoyatchilarini esa oqlashmoqda. Buni esa oddiy, "kichkina" odamlar qilmoqda - xuddi Nyurnberg sudidagi ayblanuvchilar o‘z taqdirining boshida bo‘lgani kabi.
“Reyxning asosiy natsistlarining insoniyatga qarshi jinoyatlari" noyob VRdetektiv hikoyasida o‘tmishga sayohat qiling va o‘z tergovingizni o‘tkazing. Dalillar to‘plang, Uchinchi Reyx rahbarlarining jinoyatlari haqidagi haqiqiy hujjatlarni o‘rganing va ularning insoniyat oldidagi aybini isbotlang!
“Nyurnberg. Xalqlar VRdikti” VR-detektivi tarixchilar va M. Gorkiy nomidagi Moskva badiiy teatri bilan birgalikda Rossiya harbiy tarixi jamiyati ko‘magida yaratilgan. Loyihaning to‘liq versiyasi Steamplatformasida mavjud. Light-versiyasi YouTubeda 360 °videoformatida, RIA.Lab ilovasida mavjud. iOS uchun App Storedan yoki Android uchun Google Play platformasidan yuklab olishingiz mumki.
Loyiha yetakchi mutaxassisi - Nikolay Parxito, tarix fanlari nomzodi, Rossiya Xalqlar Do‘stligi universiteti (RUDN) Jurnalistika nazariyasi va tarixi kafedrasi dotsenti.