XX asrning asosiy geosiyosiy fojiasi sarchashmasi va mazmuni

Joriy yil dekabrida SSSR rasman parchalanganiga 30-yil to‘ladi – 1991-yil 8-dekabr kuni Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi (RSFSR) va Ukraina rahbarlari “Mustaqil Hamdo‘stlik davlatlarini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim”ni imzolashdi.
Sputnik
Rossiyada bot-bot va qizg‘in Ittifoqni saqlab qolish mumkin edimi deb bahslashishadi, va SSSRni ko‘rgan avlod batamom ketmagunga qadar, bahslashishda davom etishadi. Shu bilan birga bahslashuvchilarning aksariyati iqtisodiy determenizm pozitsiyasida.

Haqiqatdan ham iqtisodiyot yashashga qobil emasmidi

Ayrimlar sovet iqtisodiyoti yashay olmaydigan edi deyishadi, shu bois Ittifoqni saqlab qolishning imkoni yo‘q edi, boshqalar esa sovet iqtisodiyoti juda yashashga qobil edi deb ta’kidlashadi, agar Gorbachov, Yelsin, Kravchuk, Shushkevich xoinlik qilmaganida, Ittifoq saqlangan bo‘lardi (har kimda o‘zining SSSRni parchalagan xoinlar va asosiy xoinning ro‘yxati bor).
Birinchilarning Ittifoq zavolida sovet iqtisodiyoti yashay olmaydigan edi degan fikriga qo‘shilaman. Men uchun bu, 1990-yilda mamlakat qo‘qqisdan tamakilar yo‘qolib qolgan paytda, aksioma bo‘ldi. Ular na bir kun, na bir hafta, hatto bir oy o‘tib paydo bo‘ldi, faqat bir yarim – ikki oy o‘tib tanqislikni asta-sekin import mahsulotlar hisobiga bartaraf etishni boshlashdi. Va u yetarlicha miqdorda olib kelinmasdi.
Iqtisodiyoti Davlat rejasi bilan boshqarilgan ulkan va unda o‘nlab tamaki fabrikalari bo‘lgan mamlakatda tamaki mahsulotining bir zumda yo‘qolib qolishi nafaqat chekuvchilarning muammosini anglatardi – ko‘pchilik bu tanqislikni bir amallab boshdan kechirishga muvaffaq bo‘lishdi. Mahsulot yo‘qligi fabrikalar to‘xtab qolgani, o‘n minglab kishilar, vaqtincha bo‘lsa ham, ikki-uch oyga ishsiz qolishganini anglatardi.
Ya’ni Davlat rejasi xorijdan yetarli miqdorda xom ashyoni sotib olishni nazarda tutmagan, o‘zining ishlab chiqarishi esa SSSR talabini qondirish holatida emasdi.
Bu asosiy muammoni namoyon qildi: sovet iqtisodiyoti tizim sifatida mavjud bo‘lishdan to‘xtadi. Demak, SSSRning iqtisodiy muammolari muvaqqat emas, balki tizimli xususiyatga ega edi, tizimli muammolar esa ularni yaratgan tizim doirasida bartaraf etilib bo‘lmasdi.
Putin SSSR qayta tiklanishi g‘oyasiga baho berdi

Sovet Ittifoqi yashashda davom eta olardi. Nima bo‘ldi?

Biroq bu umuman SSSR parchalanishi kerakligini anglatmaydi. Ha, Ittifoq iqtisodiy jihatdan samarasiz edi. Lekin iqtisodiyot batamom o‘lgandan keyin ham rasmiyatchilik jihatdan mavjudligini davom ettira olgan bo‘lardi. Somali, Afg‘oniston, Ukraina shunday rasmiyatchilik jihatdan mavjud. Bu mamlakatlar SSSR 80-yillar oxiri – 90-yillar boshida bo‘lgan vaziyatga qaraganda yomonroq ahvolda.
Somalida ma’muriy va siyosiy vertikallar to‘liq yo‘q qilingan, Ukrainada o‘zining konstitutsiyaviy vazifalarini bajarmayotgan va o‘zaro hamkorlik qilmayotgan, rasmiyatchilik jihatdan bor. Davlatchilik Kiyevda oddiy tushunishda allaqachon yo‘q. Afg‘onistonda toliblar, hozircha muvaffaqiyatsiz, 50-yil davomidagi fuqarolar urushi natijasida barbod qilingan muntazam davlatchilikni qayta tiklashga urinishmoqda.
Ittifoqdagi iqtisodiyot barbod bo‘lishi hali boshqaruv tuzilmalariga o‘tmagandi. Ular SSSR parchalangandan keyin ham o‘z vazifalarini bajarishda davom etishdi. Boz ustiga ularning ayrimlari shunchalik markazlashgan va shunchalik parchalanishi qiyin ediki, masalan, MDH Birlashgan Qurolli Kuchlari marshal Shaposhnikov qo‘mondonligi ostida 1993-yil sentabriga yashadi.
Biroq Ittifoqni ayrim amaldorlarning xoinligi ham parchalamadi. Agar davlat apparati umuman ishlab turgan bo‘lsa, u hatto davlat rahbari tomonidagi xoinlik urinishini bartaraf etish va bostirishga qodir. Oxir-oqibat Nikolay I ham mamlakatni bo‘lim boshliqlari, ya’ni har qanday mamlakatdagi turmushning barcha sohalaridagi boshqaruv mexanizmlarini haqiqatdan ushlab turgan o‘rta burokratik bo‘g‘in boshqarishini tan olgandi.

Parchalanishning haqiqiy sababi

SSSRdan aynan burokratiya yuz o‘girdi (tabiiyki, burokratiya sinf sifatida, ayrim burokratlar o‘lgan davlatga sodiqlikni saqlashdi, va bunaqalar kam emasdi).
Burokratlar uchun tizimning yashashga qodir emasligining signali Konstitutsiyaning 6-moddasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori bo‘ldi. Natijada partiya hukumatni topshirdi, sovetlar esa uni qo‘lga olishga qodir emasliklari ma’lum bo‘ldi – shunda mamlakatda siyosiy xaos kuchaya boshladi.
SSSRning barbod bo‘lishiga qator omillar sabab bo‘lgan. Uni qisqacha shunday ta’riflash mumkin: o‘sib borayotgan iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan hukmron partiya boshqaruv modelini o‘zgartirishga urindi.
Ilgari bo‘lingan (partiyaga hukumat, sovetlarga esa javobgarlik berilgandi) hukumat va javobgarlikning bir qo‘lda (sovet) birlashishi boshqaruv samarasini oshirishga birdaniga oshishiga olib kelishi nazarda tutilgandi.
Aslida KPSS tarix kafedralari, marksizm-leninizm universitetlari va oliy partiya maktablari bitiruvchilari nafaqat ular islohot qilmoqchi bo‘lgan sovet iqtisodiyoti, balki o‘zlari kelmoqchi bo‘lgan bozor iqtisodiyotini o‘ta tor va dogmatik ravishda tasavvur qilishardi. Ular islohotlarning aniq maqsad va vazifalarini shakllantirishga holatida emas edilar. Partiya tomonidan qoldirilgan va sovetlar tomonidan egallab olinmagan hukumat havoda yo‘q bo‘lib ketayotganini ko‘rib vahimaga tushib qolishdi.
SSSR saqlab qolinganda, bugun dunyo qanday bo‘lar edi – Gorbachov javobi

Hammani vahima bosdi

Partiya elitalari Kreml islohotlarining tartibsiz va halokatga olib keluvchi barbod qiluvchi xususiyatlaridan shokda edilar. Kreml mintaqaviy elitalardan islohotlarga qarshi kayfiyatda shubhalanardi, ko‘pincha asosli ravishda. Oliy va o‘rta boshqaruv bo‘g‘ini o‘rtasida ishonchsizlik jarligi paydo bo‘ldi. Kreml mahalliy kadrlar rotatsiyasini o‘tkazishga urindi, biroq eski, tekshirilgan va oldindan bilib bo‘ladigan hamkorlarini norma’lum va ma’suliyatsiz populistlarga almashtirib, faqat o‘z vaziyatni yomonlashtirdi.
Aynan siyosiy xaos burokratik muhitda shu kayfiyatni tug‘dirdi: “Qo‘lidan kelganlar qochib qolsin!”
Kreml hukumati o‘rta bo‘g‘in burokratiyaga bo‘lgan tayanchni yo‘qotib, birdaniga o‘zini bo‘shliqda his qildi va osilib qoldi. Ko‘p jihatdan SSSR prezdenti Mixail Gorbachov belovejsk fitnasini kuch bilan bostirishga tavakkal qilmadi. O‘ylaymanki, uning qo‘rqoqligi ham o‘z rolini o‘ynadi, lekin u qo‘rqdi, zero o‘zining kuchishlatarlari fitnachilarni hibsga olish to‘g‘risidagi farmonni bajarishlariga, o‘zini hibsga olimasliklariga ishonchi komil emas edi.
Mintaqaviy elitalar markazning zaifligini ko‘rib, o‘z taqdirlarini o‘z qo‘llariga olishlari zarurligi haqida xulosa qilishdi. Ittifoq tarixning inqiroz paytida uni saqlab qolishdan manfaatdor bo‘lgan siyosiy kuch qolmagani bois barbod bo‘ldi.

Sovet Ittifoqining butun hududi bo‘ylab yoyilgan xaos

Shu bois 1991-yilning birinchi qarorlari mamlakat taqdirini oldindan payqamadi. Ko‘pchilikka parchalanish uzul-kesil emas deb tuyuldi. Ittifoq shunchaki o‘z nomi va markaziy hukumat shaklini o‘zgartiradi. Avvaliga Suveren davlatlar ittifoqi (SDI) tuzilishi haqida gapirishdi. 1991-yil 8-dekabr kuni SSSRni tarqalib yuborish to‘g‘risidagi belovej qarorini imzolashda uch kishiga (Rossiya, Ukraina, Belorussiya) Slavan davlatlari ittifoqini tuzishga qaror qilishdi.
Eslataman, bu paytga kelib Boltiqbo‘yi, Moldaviya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Ukraina o‘z mustaqilligini e’lon qilib bo‘lgandi. Minsk va Kiyevdagi jarayonlarning oldini siyosiy uslublar bilan olish mumkin bo‘lsa, Boltiqbo‘yini faqat qurol bilan ushlab turish mumkin edi, Moldaviyada bir necha yildirki urushga aylanib kelgan Dnestrbo‘yi mojarosi avj olgandi.
Xuddi shunga o‘xshash tarzda Armaniston va Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojarosi birinchi Qorabog‘ urushiga aylanib bordi. Gruziya o‘zining bo‘lajak Janubiy Osetiya, abxaz va adjar mojarolariga zamin yaratib bo‘lgan birinchi prezidenti Zviad Gamsarxudiani (1992 yil 2-yanvar) ag‘darib tashlash ostonasida edi.
Fuqarolar urushi bo‘sag‘asida Tojikiston turgandi.
Shunday ekan Belovej bitimini imzolaganlar, hoynahoy, avval boshda haqiqatdan kvazi-birlashma slavan davlatlari bilan cheklanadi deb o‘ylashgan. Boz ustiga, xuddi o‘sha kuni ular fikrlarini o‘zgartirishdi va birlashmaga kompromiss nom berishdi – Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, barcha xohlovchilar uchun uning eshiklarini ochiq qoldirib.
Avvaliga xohlovchilar butun O‘rta Osiyo bo‘ldi (Turkmaniston vaqt o‘tishi bilan a’zo sifati eslanadigan bo‘ldi) hamda Kavkazorti va Moldaviya kela boshladi, faqat Boltiqbo‘yi MDHdan tashqarida qoldi.
Putin SSSR xalqlarining ommaviy yo‘q bo‘lishiga nima olib kelgan bo‘lishi mumkinligini aytdi
Tuzilmalarni qayta nomlash va tuzishning tartibsiz jarayoni boshlandi. Uning vazifalari avvaliga hatto uning tashkil etganlarga ham tushunarsiz edi. MDHni to‘laqonli xalqaro tashkilotga aylashtirish qarori 1993-yilda qabul qilingan va o‘shadayoq amalga oshirilgan. Shu bilan birga, Ukraina MDH ustavini imzolamadi va o‘zini MDH a’zosi emas, balki ishtirokchisi deb hisobladi.
Bularning bari burokratik muhitdagi vahima va o‘sib borayotgan boshqaruv xaosi SSSR parchalangan vaqtda barham berilmaganidan dalolat beradi. Ular aksariyat postsovet mamlakatlarining 1993-1994 yillargacha siyosatini ta’riflashda davom ettirishdi. Bu davrda nazariy jihatdan ham yangi integratsiya, ham keyingi parchalanishga imkoniyatlar bo‘lgan.
Qolaversa, 1992-1993 yillardan muammolar hal etila boshlandi, yangi davlatlar batamom alohida boshqaruv tuzilmalariga kira boshlashdi.
1992 yil mayida MDH Kollektiv xavfsizlik shartnomasi bilan to‘ldirilgan (KXSh, 1994-yil aprelida ratifikatsiya qilingan). U harbiy sohadagi sovetdan keyingi xaosni bartaraf etish uchun platforma bo‘ldi.
90 yillar o‘rtasiga kelib MDH o‘zining asosiy vazifasini bajargani ravshan bo‘ldi. Postsovet xaosi barcha sohalarda bartaraf etildi, davlatlar batamom suveren bo‘lishdi, ular elitalari emas milliylashdi.
90 yillarning ikkinchi yarmidan aksariyat postsovet iqtisodiyotlari avvaliga sekinlikni, so‘ngra tezlashayotgan qayta tiklanayotgan iqtisodiy o‘sishni ko‘rsatadi.

Integratsiyaning yangi shakllari

Boshqa nom va yumshoq konfederatsiya shaklida SSSR qayta tiklanishi uchun imkoniyatlar darchasi batamom yopildi. Shu paytdan boshlab postsovet integratsiyasi faqat mutlaqo boshqacha tamoyillarda amalga oshirilishi mumkin edi.
MDH va KXSh shakllari endi dolzarb vazifalarga javob bermasdi. Shuning uchun MDH amalda uning doirasida prezidentlar, bosh vazirlar va asosiy vazirlar Hamdo‘stlik uchun dolzarb muammolarni avvaldan muhokama qila oladigan olib boshqaruvchilar klubiga aylandi.
KXShni KXShTga aylantirildi. Turli tezlikdagi integratsiya konsepsiyasi e’lon qilindi va uni ostida yangi tuzilmalarni tashkil eta boshlashdi (Bojxona ittifoqi, YeOII, ShHT). Natijada MDH postsovet hududida qandaydir ruscha Britaniya hamdo‘stligi – yumshoq ta’sir sohasi sifatida qabul qilina boshlandi. Shu bois Rossiya bilan munosabatlari buzilgan mamlakatlar MDH tark etishadi yoki maqomlarini pasaytirishadi, munosabatlari yaxshilanganda – to‘laqonli a’zolikka qaytishadi.
Ular uchun yangi va SSSRsiz noma’lum, markaz rahbariyatisiz dunyoda tayanch nuqtasini olish uchun postsovet elitalari tomonidan tashkil etilgan MDH umuman olganda o‘z vazifasini ijro etdi. U samaraliroq ishlari va ko‘proq ishlarni qilgan bo‘lardi, biroq milliy elitalar hamisha Rossiyani MDHni postsovet hududida o‘z mavqelarini mustahkamlash, sobiq ittifoqda o‘z ustunligini ta’minlash va yagona davlatni siyosiyo iqtisodiy usullar bilan qayta tiklash maqsadida foydalanishda juda ko‘p shubha qilishdi. Shu bois Moskvaning ko‘plab tashabbuslari qabul rasmiyatchilik jihatdan qabul qilinib, amalda esa hamkorlar tomonidan zimdan bo‘yin tovlanadi. Avval boshda MDHda yo‘g‘rilgan g‘oyalar ish bermadi, hozir ham ular boshqa integratsion loyihalar vositasida Rossiya hamkorlari uchun o‘ta foydasiz shaklda ilgari surilmoqda.
Umumiy zaiflik va noaniqlik davri o‘tib ketdi. Rossiya kuchining davri keldi.
Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin.