Virusning navbatdagi yangi shtammi rasmiylarni yangi cheklovlar joriy etishga, shifokorlarni esa infeksiyaga qarshi kurashishning samarali usullarini qidirishga majbur qilmoqda. Endi biz barcha gigiyena qoidalariga va shifokorlarning tavsiyalariga amal qilishimiz, shuningdek, immunitetni iloji boricha mustahkamlashimiz kerak. Sputnik Belarusiyadagi hamkasblarimiz siz uchun eng arzon virusdan himoya vositalari ro‘yxatini tayyorladi.
Ko‘katlar
Ko‘katlar, ayniqsa salat va ismaloq, zaiflashgan tana uchun haqiqiy quvvat. Unda hujayralarni shikastlanish va yallig‘lanishdan himoya qiluvchi muhim antioksidantlar mavjud.
Foydali yog‘lar
Qizil baliq, avakado va zaytun moyi Omega-3 ning asosiy manbalari. Yog‘ kislotalari immunitet tizimini mustahkamlaydi, yallig‘lanishni dastlabki bosqichda to‘xtatadi va organizmni bakteriyalar va infeksiyalardan himoya qiladi.
Sitrus mevalar
Vitamin C virusga qarshi mashhur kurashuvchi. Shuning uchun mavsumiy menyuda limon, apelsin va rezavorlar bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, bir piyola issiq limonli choy nafaqat immunitetingizni himoya qiladi, balki kayfiyatingizni ham ko‘taradi.
Brokkoli
Brokkoli allaqachon mavsumning super taomi ekanligini da’vo qilmoqda. Bu sabzavot haqli ravishda vitamin va mineral bomba deb ataladi. Brokkoli immunitet tizimini mustahkamlaydi va kalsiy, magniy va juda zarur bo‘lgan S vitamini ko‘p miqdori bilan yaxshi ta’sir qiladi.
Tovuqli bulon
Tovuq sho‘rvasini sovuqqa chalinganlarning barchasiga berish odati kino an’anasi emas, balki immunitetni mustahkamlash yoki sovuqdan xalos bo‘lish uchun juda samarali usul. Parranda go‘shti oqsilida tananing himoyalanish jarayonlariga ta’sir qiluvchi B vitaminlarining dozasi mavjud.