TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Moskvada Ikkinchi Yevroosiyo Kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Yalpi majlisda hukumat, biznes va ilm-fan vakillari Yevroosiyo mintaqasini qanday rivojlantirish haqida fikr almashishmoqda.
Forumda O‘zbekiston nomidan respublika bosh vaziri o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ishtirok etmoqda.
Muhokama chog‘ida Yevroosiyo taraqqiyot banki raisi Nikolay Podguzov O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lish uchun ariza berganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, masala bank aksiyadorlari bilan kelishilmoqda.
Bankimiz 2011-yildan beri ilk bor O‘zbekistondek obro‘li va qudratli aksiyador hisobiga kengayishni kutmoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari respublika va YeOII o‘rtasidagi hamkorlikning eng ustuvor yo‘nalishlarini ma’lum qildi:
Transport infratuzilmasi. O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri dengizga chiqish imkoniyati yo‘qligi sababli bu boradagi hamkorlik katta qiziqish uyg‘otadi;
Suv resurslari. Respublika suv manbalariga ega bo‘lgan qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatlarga ega. Respublika boshqa sohalar qatori energetika sohasida ham hamkorlik qilmoqchi;
Sanoat kooperatsiyasi. O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasi to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash taklifi bilan chiqdi. Hujjat loyihasi allaqachon tayyor;
Moliyaviy sektor. O‘zbekiston o‘zining moliyaviy xizmatlari bozorini ochmoqda – masalan, mamlakatda Qozog‘iston banki faoliyat yuritmoqda va ikkita davlat bankini Rossiya banklariga sotish muhokama qilinmoqda;
Mehnat resurslari. Bu O‘zbekiston uchun juda muhim. Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston YeOII bilan hamkorlik qilish tarafdori, qo‘shni davlatlar bilan tovar ayirboshlash hajmi oshib bormoqda.
2020 yilda respublika iqtisodiyoti 1,7 %ga o‘sdi. Bu yil Xalqaro valyuta jamg‘armasio‘sishni 6,1% deb baholamoqda, ammo biz bu 6,5% dan oshadi, deb o‘ylaymiz