Omikron shtammi aholisi 1,3 milliarddan ziyod Hindistonda aniqlandi

Hindistonning Karnataka shtatida koronavirusning ilk omikron shtammi bilan kasallanish holatlari qayd etildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Hindistonda koronavirusning omikron shtammi bilan kasallangan ikki kishi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Lav Agarval ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
“Hozir mamlakatda omikron shtammining ikkita holati aniqlangan. Har ikkita kasallanish holati Karnataka shtatida qayd etilgan”, - degan u brifing davomida.
Bu Hindistonda omikronning ilk holatlari. Kasallanganlar 66 va 64 yoshdagi erkaklar ekani aytilmoqda.
O‘zbekistonda yangi yil bayramini oila davrasida nishonlash tavsiya etildi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston koronavirusning omikron shtammi tufayli 3-dekabrdan 2022-yil 10-yanvarga qadar qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatadi. Shuningdek, O‘zbekistonga 11 ta davlatdan keluvchilar majburiy karantinga olinadi.