Tolibon havo-harbiy kuchlarining (HHK) Afg‘oniston shimoliy chegarasi yaqinida, Balx viloyatida bo‘lib o‘tgan o‘quv mashqlari, davlat uchun muhim vazifa emas va shu bilan birga Afg‘onistonning tojik aholisiga xavf solmoqda. Shuningdek Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham bu yaxshi belgi emas.
Afg‘onistonning jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy hamda gumanitar muammolariga qaramasdan, Tolibon jangovar aviatsiyani qayta tiklamoqda. Tojikiston va O‘zbekistonga chegaradosh bo‘lgan Balx viloyatida 29-noyabr kuni Afg‘oniston HHKlarining birinchi o‘quv-mashqlari bo‘lib o‘tdi. Unda bir necha Mi-17 va MD-530F ko‘p maqsadli vertolotlari ishtirok etdi.
O‘quv mashqlari mamlakat shimolida bo‘lib o‘tgani, tasodifga o‘xshamaydi. U yerad mahalliy aholi (asosan etnik tojiklar) yangi hukumatni to‘liq tan olgani yo‘q. Qo‘shni Tojikiston esa toliblardan Afg‘oniston fuqarolari huquqlarini saqlagan holda inklyuziv hukumat tashkil qilishni keskin talab qilmoqda.
Ushbu voqealar bilan bir vaqtda Afg‘oniston HHK qo‘mondoni Amanuddin Mansur qochib ketgan sobiq uchuvchilarni o‘z vataniga qaytish va faoliyatini davom ettirishga chaqirmoqda. Toliblarning Balx viloyatidagi harbiy qo‘mondoni Ataulla Omari bo‘lsa – yangi hukumat HHKni Afg‘onistonning “istalgan burchagida” qarshilik ko‘rsatayotganlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkinligini xabar qildi.
Muvaqqat mudofaa vaziri mulla Moxammad Yakub aytishiga ko‘ra, Afg‘onistonda yangi HHK shakllantirilmoqda va ular hech qanday xorijiy yordamga muhtoj bo‘lmaydi. Lekin bunday deyish Afg‘oniston uchun qanchaliq to‘g‘ri, ahir u yerda avitexnika ishlab chiqaruvchi korxonalar yo‘q-ku? Mamlakatda qancha uchishga qodir apparatlar qolgani ham noma’lum. Harbiy reyting tuzuvchi Global Firepower aytishiga ko‘ra 2021-yil boshida afg‘on HHK ixtiyorida 193 ta vertolot va 77ta samolyot bo‘lgan.
Qobul hukumati qulaganidan so‘ng, amerika OAVlari toliblar 22ta yengil hujumchi samolyotlar EMB-314 Super Tucano, to‘rtta C-130H Hercules transport samolyoti hamda 24 ta Cessna va 18 PC-12, 30 ta Black Hawk ko‘p vertolotlarini qo‘lga kiritgani haqida xabar qilishgan edi. Undan tashqari oltita Mi-35 va 76 ta Mi-17 vertolotlari hamda 41 ta MD-530F yengil jangovor vertolotlarga ega bo‘lishgani haqida xabar qilgan edi. Boshqa manbaalar 48ta uchish apparatlarin qo‘lga kiritgani haqida xabar qilgan edi.
Mustahkamlik zahirasi
2021 yilnig iyul oyida Afg‘on armiyasi 56ta Mi-17V-5 vertolotlariga ega bo‘lgan. Ulardan 32tasi jangovor shay holatda bo‘lgan.
Qobulning Amerikaga sodiq hukumati qulaganidan so‘ng, 140 dan ortiq afg‘on harbiy uchuvchilari o‘zlarining PC-12 samolyotlari, Black Hawk va Mi-17 vertolotlarida oilalari bilan qo‘shni O‘zbekistan va Tojikistonga qochib ketishgan (jami 585 kishi va 50ka yaqin uchar apparatlar). Keyinchalik AQSh ularning boshqa davlatga ko‘chib o‘tishiga yordam bergan.
Sobiq kollaboratsionistlar va olib qochib ketilgan apparatlarning Afg‘onistonga qaytib kelishi amri mahol. Iroqda 1991-yilda amerikaning “cho‘ldagi bo‘ron” operatsiyasi vaqtida ham ana shunday manzara kuzatilgan edi. Iroq HHKning 130dan ortiq samolyotlari Eron aviabazalarida AQSh zarbasidan saqlangan edi. Buning natijasida Tehron o‘za vaqta ancha zamonaviy bo‘lgan uzoq radiolokatsion aniqlash uskunalariga ega bo‘lgan Su-25K, Su-24MK, MiG-29, Il-76 hamda Dassault Mirage F1 samolyotlarini o‘z qurolli kuchlari safiga qabul qilgan edi. Toliblar buni talab qilayotgan bo‘lsa-da, hozirda O‘zbekiston va Tojikistondan samolyotlarni Afg‘onistonga qaytarish haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q.
Yangi afg‘on hukumatinning harbiy havo kuchlari isonchilar va qo‘shni davlatlar uchun qanchalik xavfli bo‘lishi mumkin? Jang qilishga shay bo‘lgan mashinalarning ishonchlilik zahirasi bir necha oyga yetadi xolos.
Oldin Afg‘onistonga yetkazib berilgan Rossiyaning Mi-17 vertolotlari o‘ziga uncha ko‘p e’tibor talab qilmaydi. Mamlakatda yonilg‘i va jangovar qurol aslaha miqdori yetarli. Harbiy uchuvchi va texniklarni xalqaro bozorda yoki xususiy harbiy kompaniyalarda yollash mumkin. Toliblar ixtiyorida yigirmaga yaqin jangga shay bo‘lgan uchish apparatlari bo‘lsa-da, shuning o‘zi mamlakatning istalgan nuqtasida jangovar operatsiyani havodan qo‘llab-quvvatlab turish uchun yetarli bo‘ladi. Hatto Panj darosining o‘ng qirg‘og‘ida ham.( shunchaki nazariy jihatdan) Ikkita Mi-35 vertolotlarining zarba berish kuchini tasavvur qilish qiyin emas. Mamlaktada oziq-ovqat yetishmasligi kuzatilayotgan bo‘lsa-da, jangovar operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlab turish – hamma narsadan ustun.
Aytish joizki, Afg‘onistonda valyuta tushumlarining ishonchli manbai bor – bu ko‘knor dalalari. Yaqin kelajakda, 2022-2023 yillarda toliblar havo-harbiy kuchlari ehtimoliy raqiblar uchun xavf tug‘diradigan bo‘ladi. Lekin Tolibon* birinchi bor kelganidan HHKdan foydalanish tajribasini esga olsak, HHK ishonchliligi uzoq saqlanib qolishi shubha ostiga tushadi.
1992 yilda Muhammad Najibullo tizimi qulaganidan so‘ng, muhjohidlar bir necha HHK ammaratlariga ega bo‘lishgan edi. Shundan so‘ng 1996-yilda mujohidlar ustidan g‘alaba qozongan Tolibon*, MiG-21MF va Su-22 rusumli bir necha qiruvchi, transport va L-39 o‘quv samolyotlari va Mi-8 vertolotlariga ega bo‘lgan edi. Lekin, malakali texnik xizmat bo‘lmagani tufayli, qisqa vaqt ichida ushbu texnika yaroqsiz hola keliboldi.
Tolibon*ning yangi HHK ham uchish muddati uzoq bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. AQSh Amerikada ishlab chiqarilgan vertolotlar ehtiyot qismlari bozorini nazorat qilib turibdi va Afg‘onistonga detallar yetkazib berishga keskin qarshilik qilmoqda. Rossiyada ishlb chiqarilgan Mi-17 vertolotlari taqdiri ham ana shunday murakkab. Rossiya uchun Markaziy Osiyodagi ittifoqdosh respublikalar xavfsizligi muhimroq.
Operativ vaziyat
Qobulda Dar-ul-Aman hududida joylashgan maktab yaqinida 30-noyabr kuni yana bir kuchli portlash sodir bo‘ldi. Unda ikki nafar tolibon askari yaralandi. Portlashni ID* jangarilari amalga oshirgan. Ular noyabr oyida o‘zlarining Qobulda ekanini har hafta eslatib turishdi. Sharqiy Nangarxar viloyatida toliblar va “Islomiy davlat” jangarilari bialan to‘qnashuvlari bugun ham davom etmoqda.
Tolibon* ham oppoq emas. Ular hukumatni egallab olganidan beri uch oy davomida sobiq afg‘on armiyasining yuzlab harbiylarni sud-so‘roqsiz qatl qilishdi. Xalqaro muzokara maydonlarida ularni qanday atashmasin Afg‘onistonda terror davom etmoqda va u aholining qarshiligiga duch kelmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Afg‘onistonning Yevropa banklaridagi mablag‘larini hibsdan chiqarishga chaqirdi. Maqsad Afg‘onistondagi gumanitar muammolarni hal qilish. Shu bilan bir vaqtda Rossiya va uning Markaziy Osiyodagi ittifoqchilari Panj darosi janubida voqealarning har qanday rivojiga tayyorlanmoqda.
Tojikistonda joylashgan Rosiyaning 201 harbiy bazasi askarlari qishgi o‘quv-mashqlariga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi. Kelayotgan yarim yilda moto-o‘qchi, artilleriya, aviatsiya bo‘linmalari hamda harbiy texnika ishtirokida 40qa yaqin o‘quv-mashqlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Undan tashqari Tojikistonning Lyaur va Sambuli poligonlarida radiatsion, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlari, aloqa va radioelektron kurash mutaxasislari, havo mudofaasi, artilleriya bo‘linmalari, razvedka va muhandislik qo‘shinlari mutaxassislari uchun darslar bo‘lib o‘tadi.
* – Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi guruh.
Harby sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning v Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.