https://oz.sputniknews.uz/20211025/tolibon-putinning-ularni-terrorchilar-royxatidan-chiqarish-haqidagi-gaplarini-olqishladi-21076191.html
"Tolibon"* Putinning gaplarini olqishladi
"Tolibon"* Putinning gaplarini olqishladi
Sputnik O‘zbekiston
Urush tugadi, dunyo davlatlari o‘zlarining Afg‘onistonga munosabatida ijobiy o‘zgarishlar kiritishi kerak - Tolibon*. 25.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-25T13:04+0500
2021-10-25T13:04+0500
2021-10-25T13:08+0500
vladimir putin
tolibon
dunyoda
bmt
terrorchilik uyushmasi
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21010059_0:0:3520:1980_1920x0_80_0_0_d1d507a0cc1600787d7aee49acb2791e.jpg
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Afg‘oniston muvaqqat hukumatining Tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidetnining “Tolibon”* harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish haqidagi bayonotini olqishladi.Bu haqida Afg‘oniston TIV vakili Abdul Qahor Balxi o‘z Twitterida shunday yozgan:Uning so‘zlariga ko‘ra, “urush poyoniga yetgan, dunyo davlatlari o‘zlarining Afg‘onistonga munosabatida ijobiy o‘zgarishlar kiritishi kerak.”Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Vladimir Putin “Valday” halqaro munozaralar klubi majlisida Rossiya “Tolibon”*ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish haqidagi qarorga yaqinligi haqida gapirgandi.Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning avgust oyida AQSh va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilganidan so‘ng Toolibon* harakati qisqa fursat ichida butun Afg‘oniston hududini egallab olgan edi. Shundan so‘ng Tolibon* o‘z vakillaridan iborat hukumat ro‘yxatini hamda mamlakatda shariat qonunlari o‘rnatilishini e’lon qildi. Shundan so‘ng xalqaro hamjamiyat Tolibon* e’lon qilgan hukumat tarkibida aksariyat pushtun millatiga mansub ekani ta’kidlab, uning inklyuziv emasligini, ya’ni mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar va millatlarni qamrab olmaganini tanqid qildi. Shuningdek, xalqaro hamjamiyat Tolibon*dan inson huquqlari, jumladan ayollar tenghuquqligini ta’minlashni talab qilishdi.*”Tolibon” -Rossiya Oliy sudi tomonidan 2003-yilda terrorchi tashkilot deb tan olingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21010059_440:0:3080:1980_1920x0_80_0_0_dabf04fc918df5c0618a3ccec84f615d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin, tolibon, dunyoda, bmt, terrorchilik uyushmasi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
vladimir putin, tolibon, dunyoda, bmt, terrorchilik uyushmasi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
"Tolibon"* Putinning gaplarini olqishladi
13:04 25.10.2021 (yangilandi: 13:08 25.10.2021) Urush tugadi, dunyo davlatlari o‘zlarining Afg‘onistonga munosabatida ijobiy o‘zgarishlar kiritishi kerak - Tolibon*.
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Afg‘oniston muvaqqat hukumatining Tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidetnining “Tolibon”* harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish haqidagi bayonotini olqishladi.
Bu haqida Afg‘oniston TIV vakili Abdul Qahor Balxi o‘z Twitterida shunday yozgan:
“Afg‘oniston islom amirligi” TIV Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning amirlik rahbarlari ismlarini “qora ro‘yxatdan” chiqarish haqidagi taklifini olqishlaydi.”
Uning so‘zlariga ko‘ra, “urush poyoniga yetgan, dunyo davlatlari o‘zlarining Afg‘onistonga munosabatida ijobiy o‘zgarishlar kiritishi kerak.”
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Vladimir Putin “Valday” halqaro munozaralar klubi majlisida Rossiya “Tolibon”*ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish haqidagi qarorga yaqinligi haqida gapirgandi.
“Tolibon”*ni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi qaror BMT darajasida qabul qilinishi kerak. <…> Biz “Tolibon”*dan Afg‘onistondagi vaziyat ijobiy yo‘nalishda o‘zgarishini kutmoqdamiz. Shundan kelib chiqqan holda, hamjihatlikda, ularni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish haqida qaror qabul qilamiz. Menimcha biz bunga yaqinlashmoqdamiz...”, - degan edi Putin.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning avgust oyida AQSh va NATO qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilganidan so‘ng Toolibon* harakati qisqa fursat ichida butun Afg‘oniston hududini egallab olgan edi. Shundan so‘ng Tolibon* o‘z vakillaridan iborat hukumat ro‘yxatini hamda mamlakatda shariat qonunlari o‘rnatilishini e’lon qildi.
Shundan so‘ng xalqaro hamjamiyat Tolibon* e’lon qilgan hukumat tarkibida aksariyat pushtun millatiga mansub ekani ta’kidlab, uning inklyuziv emasligini, ya’ni mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar va millatlarni qamrab olmaganini tanqid qildi. Shuningdek, xalqaro hamjamiyat Tolibon*dan inson huquqlari, jumladan ayollar tenghuquqligini ta’minlashni talab qilishdi.
*”Tolibon” -Rossiya Oliy sudi tomonidan 2003-yilda terrorchi tashkilot deb tan olingan.