Yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha xodim yollashga ruxsat berildi

Hukumat qarori bilan endilikda YaTTlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin, ilgari ular soni 3 nafargacha edi.
Sputnik
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekistonda endi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin. Bu Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilab qo‘yildi.
Endi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin (ilgari 1-3 nafar edi).
Nizomga muvofiq, YaTT bank hisobvarag‘i ochganidan so‘ng xodim yollash huquqiga ega bo‘ladi. YaTT xodimni yollashda yozma mehnat shartnomasi tuzadi, ular tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi.
YaTT xodimini soliqda hisobga qo‘yish uchun arizani shartnoma tuzgan vaqtdan 3 ish kunidan kechikmay soliq organiga beradi. Soliq organi 1 ish kunida xodimning hisobga qo‘yilganiga oid kartochkani taqdim qiladi. YaTTlar xodim uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘laydi.
YaTT faoliyati vaqtinchalik yoki butunlay to‘xtatilsa soliq organiga yuborgan xabarnomasi asosida soliq hisoblanishi to‘xtatiladi.
YaTTlar uchun ijtimoiy soliq ikki baravar kamaytiriladi – yangi qonun