TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Qozog‘istonning “Astana Motors” kompaniyasi O‘zbekistonda “Hyundai” avtomobillarini ishlab chiqarishni masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin ikki mamlakat o‘rtasidagi III mintaqalararo forumida ma’lum qildi.
Yangi zavod erkin iqtisodiy zonasi yaratilgan Jizzaxda joylashishi kutilmoqda. U yerda allaqachon "Kia", "Renault", "LADA", "Volkswagen" va "Škoda" avtomobillarni yig‘ish korxonalari tashkil etilgan.
2018 yilda “Astana Motors” O‘zbekistonda “Hyundai” avtomobillarini sotishni tashkil etishga kelishib olgan edi. “Hyundai Auto Asia” qo‘shma korxonasining Toshkentdagi birinchi diler markazi 2019-yil yanvarida ochilgan.