TOShKENT, 11 noya —Sputnik. Amerikaliklar Qora dengizda uzoq muddatga o‘rnashib olish yo‘lini topganga o‘xshaydi. AQShning Oltinchi floti “Rossiya tahdidi”ga qarshi NATO davlatlari bilan hamkorlikda Qora dengizga kirib kelish yo‘lini izlamoqda. Buning oqibatlari qanday bo‘lishi mumkinligi haqida maqolamizda batafsil tanishing.
Mashqlardan maqsad
Harbiy dengiz o‘quv mashqlariga Oltinchi flot flagmani “Blyu Ridj”toifasiga mansub bo‘lgan “Maunt Uitni” boshqaruv kemasi yetakchilik qilmoqda. Ushbu kema Qora dengizga 2014-yildan buyon uchinchi marotaba kirib kelmoqda. “Maunt Uitni” – eng zamonaviy radoelektron uskunalar, aloqa va razvedka vositalari bilan jihozlangan suzuvchi shtab bo‘lib, qo‘mondonlikka butun qo‘shinni boshqarish uchun kerak bo‘ladigan operativ ma’lumotlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
Flagman Qora dengizga "Porter" raketa tashuvchi esminetsi hamda "Djon Lentxoll" tankeri hamrohligida kirib keldi. Uch kemadan iborat guruhga NATOning hududdagi ittifoqchilari hamda Yevropadagi bazalarda joylashgan AQSh harbiy aviatsiyasi ko‘mak berib turibdi. Samolyotlar orasida yadroviy qurol tashishga qodir bo‘lgan B-1B strategik bombardimonchilar ham bor.
Flagmanskiy korabl shestogo flota SShA Mount Whitney v portu Tallina
© Sputnik / Aleksandr Zabolotniy
/ Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya hududi yaqinida o‘tkazilayotgan AQShning ushbu rejadan tashqari o‘quv-mashqlarini vaziyatni beqarorlashtiruvchi deb hisoblaydi.
“Ularning maqsadlaridan biri Ukraina hududini harbiy o‘zlashtirish”, - deb aniqlik kiritishdi vazirlikda. – Mashqlarda amerika harbiy dengiz flotidan tashqari taktik, patrul va strategik aviatsiyadan foydalanish hamda Bolgariya Gruziya Ruminiya Turkiya va Ukraina harbiy kuchlari ishtiroki rejalashtirilayotgani, faqat bir narsadar darak berishi mumkin – Kiyev Donbassni kuch bilan egallab olishga qaror qilganda harbiy harkatlar teatrini o‘rganishni.
Amerika kemalarining Qora dengizga kelishidan oldin bir necha “media zarbalar” berilgan edi. Oktabr oxirida Politico nashri “Kreml Ukraina hududiga bostirib kirish maqsadida chegara yaqinida qo‘shin to‘plamoqda” deb “sensatsiya” e’lon qilgan edi. Buning dalili sifatida ular Yelnya shahri yaqinidagi harbiy qismning sputnik suratini chop etishdi. G‘arb OAVlari ushbu povokatsion xabarni darhol qo‘lma-qo‘l tarqatishdi. Aslida esa Smolensk viloyatida joylashgan ushbu shahardan Ukraina chegarasigacha 250 kmdan uzoq.
Noyabr oyining boshida MRB boshlig‘i Uilyam Berns muzokaralar o‘tkazish maqsadida Moskvaga kelgan edi. CNN xabariga ko‘ra, ushbu tashrifdan maqsad — "Rossiyaning Ukraina chegarasi yaqinida qo‘shn to‘playotganidan AQSh xabardor ekanligi haqida ogohlantirish edi. Ehtimol razvedka boshlig‘i ham Politico jurnalistlari kabi jug‘rofiyadan bexabardir.
Buyam mayli, lekin Pentagon ham shu kuyni chalmoqda. “Biz Rossiya harbiylarining Ukraina chegarasi atrofidagi harakatlaridan xavotirga tushmoqdamiz, - dedi Amerika Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Jon Kirbi. – Biz Rossiyadan o‘z niyatlarini ochiqlashni so‘raymiz. Ular aslida u yerda nima qilmoqda”
Rossiya TIVining rasmiy vakili Mariya Zaxarova bularning barchasini feyk-kampaniya deb atadi. Lekin G‘arbda Rossiyaga qarshi axborot kampaniyasi allaqachon ishga tushirilgan va tobora kuchayib bormoqda. Uni to‘xtatadigan kishi yo‘q. Yaqinda respublikachi kongressmen Mayk Rodjers va Mayk Terner Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berish va Qora dengizga jangovar kemalarni yuborishni taklif qilgan edi. Maqsad - “agressiyaga qarshi turish va javob berish”.
Guruh to‘plash kerak
1936 yilda imzolangan Montre konvensiyasiga ko‘ra, Qora dengiz atrofida joylashmagan mamlakatning harbiy floti umumiy sig‘imi 30 ming tonnadan oshmasligi kerak. Bugun Qora dengizda turgan Oltinchi flotning uchchala kemasining umumiy og‘irligi ushbu limitga zo‘rg‘a sig‘moqda. Aynan ana shu yuridik cheklovlar tufayli AQSh shu kungacha Bosfor bo‘g‘ozi orqali o‘z flotining asosiy zarba kuchi – sig‘imi 80 ming tonna bo‘lgan atom aviatashuvchilarini biror marotaba olib o‘tmagan.
Bu albatta Vashingtonga yoqmaydi. Uchta kema, qanchalik zamonaviy bo‘lmasin Rossiyaning Qrim yarim orolida jolashtirilgan harbiy kuchlari hamda Qora dengiz flotini yengib o‘ta olmaydi. Montre konvensiyasini to‘g‘ridan to‘g‘ri buzishga amerikaliklar jur’at eta olishmaydi – ayniqsa tinchlik vaqtida. Ular “variant” qidirishmoqda.
Vashingtonning siyosatchilar orasida nufuzli bo‘lgan The Hill nashri, AQSh HDF leytenant-kommanderi Brayan Xarringtonning "Amerika va NATO Rossiyaning Qora dengizdagi yetakchiligiga chek qo‘yishi kerak" mavzuli maqolasini chop etdi. Muallif yozishiga ko‘ra, Qrim va Rossiya HDFda joylashtirilgan "Bastion" va "Kalibr" rusumli raketa majmualari Moskvaga juda keng hududni “yopib” qo‘yishi mumkin. Ya’ni (Anti-Access, Area Denial, A2AD). Ushbu ibora ostida, harbiy to‘qnashuv vaqtida AQSh qo‘shinlari kirgan taqdirda juda katta yo‘qotishga duch kelishi mumkin bo‘lgan hudud tushuniladi.
A2AD hududlarni faqat juda ko‘p sonli qo‘shin va o‘t ochishda texnologik ustunlik yordamida yengib o‘tish mumkin. Shu maqsadda Xarrington Montre konvensiyasi cheklovlarini aylanib o‘tishni taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, NATOga a’zo bo‘lgan har bir davlat Qora dengizga 2g‘3ta kema yuborishi kerak. O‘shanda ular mutlaq yengilmas bo‘ladi, deb hisoblaydi dengizchi.
Javob chorasi bor
Xalqaro shartnomalarni bunday mensimaslik, albatta payqalmasdan qolmaydi. Rossiya buni hududiy urushga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rish deb hisoblaydi. Hududiy urush esa juda tez yadroviy jahon urushiga aylanib ketishi mumkin. Vashington va Brussel bunday eskalatsiyani amalga oshirishga jur’at etishi amri mahol. Lekin Rossiyaning Qora dengizdagi chegaralarini paypaslab ko‘rishga urinishlr soni tobora oshib bormoqda.
AQSh bu harakatlarda yolg‘iz emas. O‘quv mashg‘ulotlarda qo‘shnilarimiz Gruziya va Ukraina floti ham ishtirok etmoqda. Biz (Rossiya) ham o‘z mashg‘ulotlarimizni o‘tkazmoqdamiz – va kelajakda ham o‘tkazishda davom etamiz", — deb izoh berdi AQSh kemalarining tashrifiga mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
Darhaqiqat, G‘arb davlatlarining harbiy-dengiz mashqlariga qarshi Rossiya har safar o‘z mashqlarini o‘tkazadi. Yaqinda "Admiral Essen" fregati Rossiya kemalari joylashgan hududni raketa va havo zarbasidan himoya qilish mashqini bajardi. Harbiy kema barcha o‘quv nishonlarini muvaffaqiyatli kuzatuvga olib zenit qurollardan ularni yo‘q qildi.
Undan tashqari dengizga kemalarga qarshi kurash kuchlari - "Yeysk" va "Kasimov" kichik kemalari chiqishdi. Qora dengizda joylashgan 636.3 "Varshavanka" loyihasiga mansub oltita dizel-elektrik suv osti kemalarning faoliyati maxfiy, lekin ular bu yerga o‘z qurolini namoyish qilish uchun kelgan barchani tunu-kun kuzatib turganiga shubha yo‘q.